"Bavariya" tarbiyalanuvchisi, "Vilyarreal" va "Bolonya"ning sobiq yarim himoyachisi Nikola Sansone A Seriyaning "Lechche" klubi futbolchisiga aylandi. Uning yangi klubi matbuot xizmati futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolangani haqida xabar berdi.
Sansone 32 yoshda, u professional faoliyatining so‘nggi besh mavsumini A Seriya - "Bolonya" safida o‘tkazdi. O‘tgan mavsumda chap qanot himoyachisi 20 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 5 gol va 4 golga assistentlik qilgan.
"Lechche" A Seriyaning yangi mavsumida ortda qolgan uch turdan so‘ng sensasion tarzda yetakchilar qatorida bormoqda - jamoa ikkita g‘alaba, durang qayd etib, 7 ochko to‘plagan.