Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

"Real" bilan yozda shartnomasi yakunlanadigan 7 nafar futbolchi

"Real" bilan yozda shartnomasi yakunlanadigan 7 nafar futbolchi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi La Liga yangi mavsumini ajoyib tarzda boshladi. "Qaymoqranglilar" chempionat startidagi barcha 4 ta o‘yinda ham muvaffaqiyat qozonib, Primero turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. To‘g‘ri, yangi mavsum endigina start oldi, ammo "qirollik klubi" safida oz emas, ko‘p emas naq 7 nafar futbolchining shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Keling, shu futbolchilar bilan sizlarni tanishtirib o‘tamiz.

Luka Modrich va Toni Kroos – "Real"ning hozirgi tarkibidagi eng tajribali futbolchilar bu mavsumda ko‘proq zaxirada qolmoqda. Anchelotti balki ularning yoshi kattaligi sabab ikkala futbolchiga ham asosan ikkinchi bo‘limda imkoniyat berishni ma’qul ko‘rmoqda. Shuni aytib o‘tish lozimki, Modrich ham, Kroos ham o‘ziga berilgan imkoniyatlarni maksimal darajada oqlashmoqda va hali hamon dahshatli raqobatda ham jamoa uchun foydali bo‘la olishlarini isbotlamoqda. Ko‘ramiz, madridliklar rahbariyati bular bilan kelasi yilda yakunlanadigan shartnomani uzaytiradimikin.

Lukas Vaskes – jamoaning eng sodiq o‘yinchilaridan biri. U deyarli har mavsumning 80 foiz o‘yinlarida zaxirada qoldiriladi. Allaqachon 32 yoshni qarshilab qo‘ygan o‘ng qanot himoyachisi klub bilan 2024 yilda yakuniga yetadigan shartnomani Florentino Peres taklif bilan chiqsa, katta ehtimol bilan uzaytiradi.

Nacho – jamoaning birinchi raqamli sardori. U o‘tgan mavsum oxirida klub bilan uzoq muzokaralardan so‘ng kelishuvni 1 yilga uzaytirishga rozi bo‘lgandi. Anchelotti esa uni har doimgidek zaxira varianti sifatida ko‘rmoqda. U endi yangi klubga o‘tishni jiddiy o‘ylab ko‘rsa kerak.

Andrey Lunin. Ukrainalik 24 yoshli darvozabon Tibo Kurtuaning jarohatidan so‘ng ham "qirollik klubi" asosiy tarkibiga loyiq ekanligini isbotlay olmadi. Lunini bu mavsumda La Ligada 2 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 bor o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Katta ehtimol bilan Aleksandr kelasi yil tugaydigan shartnomani uzaytirmaydi, chunki u avvalroq muntazam o‘yin amaliyoti olmoqchi ekanligini aytgandi.

Xoselu. Ispaniyalik 33 yoshli forvard yozda "Espanyol"dan ijaraga olindi. Agar u mavsum davomida o‘zini ko‘rsata olsa, balki "qaymoqranglilar" rahbariyati uni sotib olishi mumkin.

Kepa Arrisabalaga. "Real"ning "Chelsi" darvozaboni bilan ijara shartnomasida sotib olish bandi yo‘q. Klub bu mavsumdan keyin Kepani saqlab qolmoqchi bo‘lsa, "aristokratlar" bilan to‘lov bo‘yicha muzokara olib borishi kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 20:30, 11.09.2023.
O'qildi: 9650 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.