Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Kuman Gakpo "Liverpul"da yana yuqori formasiga chiqishiga ishonmoqda

Kuman Gakpo "Liverpul"da yana yuqori formasiga chiqishiga ishonmoqda

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kumanning fikricha, hujumchi Kodi Gakpo tez orada "Liverpul"da yuqori darajaga chiqadi.

“Gakpo hali yosh futbolchi ekanligini tushunishingiz kerak. U "Liverpul"ga o‘tganida, jamoada qiyinchilik bor edi va u tezda natijaga erisha olmadi. Agar siz yaxshi ishlayotgan jamoaga qo‘shilsangiz, sizda kerakli vaqtda kelish imkoniyati bor, lekin "Liverpul"ga o‘sha vaqtda nimadir kerak edi va bu juda qiyin edi.

Unga rivojlanish va Premyer-ligaga moslashish uchun vaqt berish kerak, chunki bu boshqa daraja. Men Angliyadagi vaqtimdan bilaman, o‘yin shiddati Niderlandiyadagidan ancha yuqori, lekin u yosh, o‘rganadi va rivojlanadi. Uning kelajagi buyuk, uning fazilatlari oddiy ko‘zga ko‘rinib turadi", - deya Kumanning so‘zlarini keltiradi Liverpool Echo.

Kiritildi: 08:38, 12.09.2023.
O'qildi: 913 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик