Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 00:00 Selta 1-2 Real Madrid
20/10 15:00 Neftchi 2-2 Navbahor
20/10 15:30 Empoli 0-1 Napoli
20/10 17:00 Malyorka 1-0 Rayo Valyekano
20/10 17:15 Olimpik 1-0 Qizilqum
20/10 18:00 Lechche 0-6 Fiorentina
20/10 18:00 Venetsiya 0-2 Atalanta
20/10 18:00 Vulverhempton 1-2 Manchester Siti
20/10 19:15 Atletiko 3-1 Leganes
20/10 20:30 Liverpul 2-1 Chelsi
20/10 21:00 Kalyari 3-2 Torino
20/10 21:30 Vilyarreal - Xetafe
20/10 23:45 Roma - Inter
21/10 00:00 Barselona - Sevilya
21/10 18:00 So‘g‘diyona - OKMK
21/10 23:45 Verona - Monsa
22/10 00:00 Valensiya - Las-Palmas
22/10 00:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas

Grem Suness: "Bu futbolchilar "Manchester Yunayted"ni ortga tortib turibdi"

Grem Suness: "Bu futbolchilar "Manchester Yunayted"ni ortga tortib turibdi"

Baho:
+ | -

"Qizil iblislar" yangi mavsum avvalida murakkab ahvolda qolmoqda. Bu nafaqat natijalarda, balki, maydondan tashqarida ham o‘z aksini topmoqda. Erik ten Xag jamoasi hozirga qadar 4 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, ularda "Tottenxem" va "Arsenal"ga mag‘lub bo‘ldi. "Vulvz" va "Nottingem Forest" bilan bahslarda esa zo‘rg‘a g‘alabani yulqib ola bildi. Klub Meyson Grinvud, Jeydon Sancho, endi esa Antoni bilan bog‘liq muammoga duch keldi. Bu borada sobiq futbolchi, muxbir va futbol sharhlovchisi Grem Suness o‘z fikrini bildirdi. U o‘z qarashlarini bayon etar ekan, klubning yangi xaridlari bo‘lmish Rasmus Xyoylunn va Andre Onanaga ham to‘xtatlib o‘tdi.

Suness shunday deydi: "Men "Manchester Yunayted"ni o‘tgan mavsumdan ko‘ra yaxshiroq jamoaga aylangan deb o‘ylamayman. Rahbariyat Rasmus Xyoylunn uchun 72 million funt sarfladi. U yosh va hali o‘zini ko‘rsata olmagan hujumchi. Bu yurishni men katta tavakkal deb hisoblayman. Xyoylunn bu yerga kelganiga qadar 34 marta "Atalanta" safida maydonga tushib, 10 ta gol urgandi xolos. Hozir esa u gol urish oson bo‘lmagan ligaga keldi. Balki, men yangishayotgandirman. Ammo ushbu xarid katta tavakkaldan boshqa narsa emas.
O‘ylashimcha, Onana xaridi yaxshi bo‘ldi. U to‘p bilan zo‘r o‘ynaydi va bu himoyaga yordam beradi. Ammo seyv ijro etish borasida uning darajasi unchalik ham baland emas. Shu sabab hali kuzatuv kerak".

Suness Sancho, Antoni va Marsyal haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Kazemiro ham shotland mutaxassisining e’tiboridan chetda qolmadi. Sancho Erik ten Xag bilan yomon munosabatga kirdi. Antoniga qarshi jinoiy ish ochilgan. Marsyal 2019-20 yildan beri APLda 10 tadan ortiq gol urmay kelmoqda. Kazemiro esa sport formasi borasida muammoga duch kelgan.

Bu masalalarga ham "Liverpul" afsonasi alohida urg‘u berdi: "Men bundan besh yil oldin Marsyalga so‘nggi imkoniyat berib ko‘rish kerakligi haqida yozganman. Ammo hozir ham u "MYU"ning hujumida harakat qilmoqda. Marsyal "MYU"ga munosib emas. Doimo u muxlislarning hafsalasini pir qiladi. Shuningdek, men Sancho va Antoni "MYU" uchun uzoq yillik yechim bo‘lishiga ishonmayman. Agar klub YECHL va APLni yutmoqchi bo‘lsa, boshqa yo‘l izlashi kerak. Ular faqatgina Reshfordga suyanmoqda. Uning bir o‘zi hamma narsani eplay olmaydi. Balki, bu gapim uchun meni ham tanqid qilishar. Ammo Kazemironi ham "Manchester Yunayted"ga mos deb o‘ylamayman. U katta pul to‘lab sotib olinadigan futbolchi emasdi. Afsuski, bu borada ham rahbariyat xato qilgan".

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:01, 12.09.2023.
O'qildi: 3681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.