U23 Osiyo kubogi saralash bosqichining 3-turi doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Eron olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
«Og‘ir o‘yin bo‘lishi aniq edi. Eron terma jamoasining kuchli va kuchsiz jihatlarini o‘rgandik va shu sababdan g‘alaba qozondik. Bizga muxlislar daldasi kuch berdi. O‘zbek xalqini g‘alaba bilan tabriklayman. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi hech qanday bosim yuklamayapti, chunki mening xarakterim shunday».