Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Anti-doping testidan o‘ta olmagan yulduzlar

Anti-doping testidan o‘ta olmagan yulduzlar

Baho:
+ | -

Katta qamrovga ega sport turi sifatida, futbol o‘ziga yarasha qonun-qoidalarga ega. Shulardan biri taqiqlangan, kuchni oshiruvchi moddalardan foydalanmaslik shartidir. Dopingga qarshi kurash futbolda muhim ishlardan biri sanaladi. Bu shuni anglatadiki, har bir futbolchi o‘z tanasini parvarish qilish chog‘ida, dori qabul qilish va ovqatlanishda juda ham ehtiyotkor bo‘lishi lozim. Futbolchining kasallanishi va jarohat olishi bunday xavfni oshiradi. Ya’ni, ular o‘zi bilib yoki bilmagan holda taqiqlangan moddani iste’mol qilishga majbur bo‘lishi mumkin. Agarda doping qabul qilgani tasdiqlansa, futbolchi jazoga tortiladi. Quyida shunday holga tushgan yoki ayblangan nomlarni ko‘rib chiqamiz.

Pol Pogba

Pogbaning qonidan testosteron moddasi haddan ortiq oshiq ekani aniqlandi. Shu sabab u doping qabul qilgani uchun futboldan 4 yilga chetlatilishi mumkin. U 20 avgust kuni test topshirgan va natijalar ijobiy xulosa bergan. Oqibatda, yarim himoyachi vaqtinchalik futbol o‘ynay olmasligi ma’lum bo‘ldi. Test shuni ko‘rsatdiki, uning qonida testosteron ancha ko‘p. Bu gormon esa sportchining chidamliligini oshiradi. Endi Pogbada qarshi-tahlil o‘tkazish uchun 3 kun mavjud. Agarda u haqiqatdan ham doping qabul qilgan deb topilsa, Fransiya terma jamoasi a’zosi 2 yildan 4 yilgacha futbol o‘ynay olmaydi.

Andre Onana

Kamerun terma jamoasi a’zosi 2021 yilning fevralida media e’tiboriga tushadi. Darvozabon qonida taqiqlangan furosemid moddasi aniqlangani uchun UYEFA uni 12 oyga futboldan chetlatgandi. Onana bu holatni homilador xotinining dorisini bexosdan ichib qo‘ygani bilan izohlab, qaror yuzasidan apellyasiya berishini aytgandi. Shundan keyin, taqiq 12 oydan 9 oyga qisqartirilgan. Onana esa buning natijasida "Ayaks" bilan tuzgan bitimidan ayriladi.

Yap Stam

Stam 2001 yilning oktyabridagi testlarning biridan o‘ta olmaydi. Yarim himoyachi o‘shanda "Lasio" sharafini himoya qilardi. Uning qonidan nandrolon moddasi topiladi. Natijada, futbolchiga nisbatan 5 oylik taqiq jazosi qo‘llaniladi. Ushbu taqiq apellyasiya orqali 4 oyga kamaytiriladi. Biroq, baribir Stamning "Lasio"dagi faoliyati shu sababli ortga ketgan.

Diyego Maradona

1991 yilda Maradonaning giyohvand ekani butun dunyoga oshkor bo‘lgan. Bu narsa hujumchining faoliyatiga bolta urgandi. Argentinalik afsona o‘sha davrlarda "Napoli" sharafini himoya qilardi. Birdan Maradona kokain iste’mol qilishi haqida xabarlar paydo bo‘ladi va bu o‘z tasdig‘ini topadi. Keyinroq, Maradona taqiqdan qaytadi. Ammo bu holat 1994 yilgi mundialda yana qaytalangan. Uning qonida taqiqlangan efedrin moddasi borligi aniqlanadi. Oqibatda, u Argentina terma jamoasidan haydaladi. Bu voqea, keyinchalik, Maradonaning futbolchilik faoliyatiga ham nuqta qo‘ygan.

Mark Bosnich

Ro‘yxatdagi yana bir darvozabon Bosnichdir. U 2001 yilda "MYU"dan erkin agent sifatida "Chelsi"ga keladi. Ammo 2002 yilda Bosnichda kokain moddasi aniqlangan. Avstraliyalik futbolchi qaramlikning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqandi. Oqibatda "Chelsi" u bilan xayrlashadi. U uzoq vaqt giyohvandlik bilan kurashdi. Oxirida baribir Bosnich yengib chiqdi va 2008 yilda yana futbolga qaytdi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 10:21, 13.09.2023.
O'qildi: 2477 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.