Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«MYU» lazaretida nima gaplar?

«MYU» lazaretida nima gaplar?

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» Premyer-liganing yangi mavsumini yaxshi boshlagani yo‘q, to‘rtta o‘yindan ikkitasida mag‘lubiyatga uchradi. Bu natijalarning sabablaridan biri asosiy jamoa o‘yinchilarining ko‘plab jarohatlari edi.

Yaqin kelajakda Ten Xag muammoli pozisiyalarni yopish yo‘llarini izlashiga to‘g‘ri keladi, chunki jamoaning asosiy ulushi «qizil iblislar» kasalxonasida to‘plangan. Ulardan ba’zilari yaqin orada maydonga qaytishadi, boshqalariga esa tiklanish uchun bir oydan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.

Qaysi futbolchilar jamoaga qayta qo‘shilish arafasida, qaysilari esa yaqin oylarda jamoadoshlariga yordam bera olmaydi?

Lisandro Martines

Martines jarohati tufayli «Arsenal»ga qarshi o‘yinda almashtirildi, ammo o‘sha oqshom Argentina terma jamoasiga yo‘l oldi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘yindan bir necha kun oldin uning yaqinda operasiya qilingan joyida ko‘karishlar paydo bo‘lgan va o‘yinda yana o‘sha joyiga zarba berishgan. Ma’lum bo‘lishicha, jiddiy hech narsa bo‘lmagan va u terma jamoadagi tanaffusdan so‘ng qisqa vaqt ichida safga qaytishi kerak.

Qaytishning mumkin bo‘lgan sanasi: 16 sentyabr, «Brayton»ga qarshi o‘yinda.

Lyuk Shou

Chap qanot himoyachisi o‘tgan oy mashg‘ulotlarda mushaklaridan jiddiy jarohat oldi va «mankunianliklar» uning o‘rniga Serxio Regilonni olib kelishga majbur bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, u kuzning oxiridan oldin safga qaytadi.

Qaytishning mumkin bo‘lgan sanasi: noyabr.

Meyson Maunt

The Athletic xabariga ko‘ra, Maunt jarohatidan forig‘ bo‘layotganga o‘xshamoqda va «qizil iblislar»ning Chempionlar ligasidagi ilk o‘yinida maydonga qaytishga umid qilmoqda.

Qaytishning mumkin bo‘lgan sanasi: 20 sentyabr, «Bavariya»ga qarshi o‘yinda.

Sofyan Amrabat

Amrabat Marokash terma jamoasini o‘zini yaxshi his qilmagani tufayli birorta ham o‘yin o‘tkazmay tark etdi. Bu faqat ehtiyot chorasi sifatida qilingandi, ya’ni uning «qizil iblislar»dagi debyuti tez orada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Qaytishning mumkin bo‘lgan sanasi: 16 sentyabr, «Brayton»ga qarshi o‘yinda.

Amad Diallo

Diallo mavsum oldidan tizzasidan jiddiy jarohat oldi va klub uning «mavsumning bir qismini» o‘tkazib yuborishini aytdi. 21 yoshli vinger ayni damda tiklanish ustida ishlamoqda va o‘ng qanotida o‘yinchilar yo‘qligini inobatga olsak, Diallo qaytganidan so‘ng asosiy jamoaga kirish uchun barcha imkoniyatga ega bo‘ladi.

Mumkin qaytish sanasi: oktyabr/noyabr.

Kobbi Meynu

Manchester Evening News xabariga ko‘ra, Meynu mavsumoldi jarayonlarida ham jiddiy jarohat oldi, biroq u kutilganidan yaxshiroq tiklanmoqda. Futbolchining o‘zi ijtimoiy tarmoqlarga tez orada safga qaytishini ishora qilgan postni joylashtirdi.

Mumkin bo‘lgan qaytish sanasi: sentyabr/oktyabr oxiri.

Tirell Malasia

Malasia yozda olgan noma’lum jarohati tufayli «Manchester Yunayted» bilan mavsumoldi o‘yinini o‘tkazib yubordi. Uning qachon qaytishi haqida aniq ma’lumot yo‘q, ammo Ten Xag buning uchun biroz vaqt kerak bo‘lishini aytdi.

Mumkin bo‘lgan qaytish sanasi: noma’lum.

Rafael Varan

Varan o‘tgan oy jarohat olgan va yaqin orada safga qaytishi dargumon. Klub rasmiy bayonotida fransiyalik futbolchining bir necha hafta safdan chiqishini qayd etgan.

Qaytishning mumkin bo‘lgan sanasi: oktyabr.

Viktor Lindelyof

Shvesiyalik markaziy himoyachi «Arsenal»ga qarshi o‘yinda almashtirildi, ammo keyinchalik Erik ten Xag buni oddiy futbolchi o‘zini yaxshi his qilmagani tufayli deya ta’kidlab o‘tdi.

Qaytishning mumkin bo‘lgan sanasi: 16 sentyabr, «Brayton»ga qarshi o‘yinda.

Kiritildi: 19:02, 13.09.2023.
O'qildi: 2729 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.