Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Maguayr o‘z futbol kelajagini 7 millionga sotdi»

«Maguayr o‘z futbol kelajagini 7 millionga sotdi»

Baho:
+1 | -

Kecha (yana) o‘z darvozasiga gol urgan Harri Maguayr haqida terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt fikr bildirdi va bunday holatlar futbolchiga bo‘lgan haddan ortiq tanqidlar va haqoratlar sabab bo‘layotgani haqida aytdi. Nafaqat raqib, balkim o‘z jamoasi muxlislari tomonidan qilinayotgan bosim Maguayrning yangi xatolariga sabab bo‘lmoqda ekan.

Qisman murabbiy haq bo‘lishi mumkin. Markaziy himoyachi yoki darvozabonlarning ishi og‘irroq. Pasayish ro‘y bergan hujumchi asta sekin zaxiradan maydonga tushib, foydali harakatlar qiladi, gollar uradi va yana muxlislarning, murabbiyning ishonchini qozona oladi. Himoyachida bunday imkoniyat yo‘q, u o‘sha unga berilgan oz vaqt ichida o‘zini ko‘rsatishi emas, muhimi, xato qilmasligi kerak. Xato qilmaslik uchun o‘ynash o‘zini ko‘rsatishga ham halaqit beradi – bu yerda himoyachi doimiy mag‘lub – xato qilmasang, xo‘p, xato qilsang, yana eski chuqurga tushasan.

Ammo bu holatning yechimi Harri Maguayrda bor edi-ku? Masalan, “Vest Hem” unga shartnoma taklif qildi, “Yunayted” bilan kelishdi. O‘z faoliyatni tiklash, qaytadan ishonchga ega bo‘lish uchun ajoyib sharoit – asosan quyi blokda, ya’ni Maguayr baliqdek yayragan “Lester” va Sulsherga o‘xshab  himoyada o‘ynaydigan jamoa, mos Moyes, standartlar, muhimi, Maguayr u yerda o‘z tajribasi bilan himoyaning yetakchisi bo‘lishi mumkin edi. Nafrat ham pasayadi, kulgi ham tinadi, bir yil davomida Maguayr yana ko‘zga ko‘ringan himoyachi va terma jamoa ishonchiga aylanishi mumkin.

“Manchester Yunayted”da ten Xag uchun Maguayr beshinchi va balkim oltinchi tanlov. Martines, Varan, Lindelof, hatto Shoudan keyin. Birdaniga to‘rttalasi jarohat olishi bir marta bo‘ldi, boshqa takrorlanmasa kerak, kim biladi, Amrabatning transferidan keyin bunaqa fors-major uchun murabbiy himoyaga Kazemironi ham sinab ko‘rsa ajab emas. Maguayr mabodo Liga kubogida quyi liga vakili raqib bo‘lib qolmasa, qachon o‘zini ko‘rsata oladi? Kechagi voqeadan keyin, ikki yil zaxira o‘rindig‘i uchun Sautgeyt uni terma jamoaga yana chaqiradimi? Chaqirsa, yana o‘sha tanqidlar avj olib, bosim oshib ketmaydimi?

Mana sizga futbolchi uchun ikki xil sharoit. Futbol nuqtai nazaridan yer bilan osmon. Xo‘sh, Maguayr qaysi birini tanladi? Nima deb o‘ylaysiz? “Yunayted”da qolishni. Nega? Uning “MYU”da  olayotgan maoshi bilan “Vest Hem” taklif qilayotgan maosh o‘rtasida umumiy 7 million funt farq bor ekan. Futbolchi mana shu pulni “MYU”dan talab qildi. Albatta, “MYU” ham qandaydir summa, kamrog‘ini taklif qilgandir ham. Boshqacha so‘z bilan aytganda, Maguayr o‘z futbol kelajagini 7 milliondan kamroq pulga sotdi. Tasavvur qilyapsizmi? Uning jamoada qolib mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatib, asosiy tarkib uchun kurashi haqidagi fikrlari biroz kulgili va ishonarsiz. Ten Xagni yaxshi taniymiz-ku?

Saudiyaga ketgani yaxshiroq edi bundan...

Qahramon Aslanov

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 21:59, 13.09.2023.
O'qildi: 8539 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.