Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

«Neftchi»ga qo‘shimcha imkoniyat

«Neftchi»ga qo‘shimcha imkoniyat

Baho:
+ | -

Bilasizmi, «Navbahor» va OKMKning OCHL guruh bosqichiga chiqqanidan O‘zbekistonning qaysi shahrida ko‘proq quvonishlari kerak?

Farg‘onada. Endi «Neftchi»ning O‘zbekiston chempionatidagi 4ta asosiy raqibatchisi ham kamida 2ta frontda o‘ynaydi. Bu esa Farg‘ona klubining chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatini oshiradi. Gap faqat e’tiborni 2-3ta turnirga taqsimlash emas, balki yana oxirgi yillar O‘zbekiston klublarining «zayavka»ga atigi 20 nafar futbolchi kiritishiga ruxsat berilganida ham (masalan, Qatarda bu ko‘rsatkich 28 nafar). Ha, yosh futbolchilarni cheklovsiz kiritish mumkin. Ammo muammo shundaki, 19-20 yoshli har bir futbolchi qo‘shimcha omillarsiz asosiy tarkibdagi o‘rin uchun raqobatda g‘alaba qozonolmaydi deylik, Abbos Fayzullayev kabi. Ammo endi «Paxtakor»da u ham yo‘q. Mavsum boshida jurnalistlar Maksim Shaskixni zaxira kuchlari yetishmayotgani haqidagi so‘zlari uchun tanqid qilishganida, aslida muammo mohiyatini tushunmagandilar. Kuni kecha Mirjalol Qosimov ham «Paxtakor» bosh murabbiyi holatiga tushib qoldi: «Bugun jarohatlar, xastalik va diskvalifikasiyalar tufayli ixtiyorimda zaxiradan maydonga tushib, o‘yinni yaxshilay oladigan atigi 3 nafar futbolchi bor edi».

Bir o‘ylang, 4ta klub haftasiga 2tadan o‘yin o‘tkaza boshlasa, nima bo‘ladi? Yana har bir o‘yin ahamiyatli. Tushunarliki, yosh futbolchilarga imkon berish kerak. Ammo 4ta klub murabbiylari majburan imkoniyat berishadi. Boshqacha aytganda, yosh futbolchilarning o‘zlari hali bunday imkoniyatga tayyor emaslar. Bunday imkoniyatdan esa hech tomonga naf yo‘q. Na klub va na futbolchiga, terma jamoa xususida gapirish ham ortiqcha. Lekin pirovardida O‘zbekistonda reglament hammaning fikri inobatga olinmasdan, professional ekspertizasiz qabul qilinganida klublarning o‘zi aybdor. Futbol vertikali to‘g‘ri qurilgan mamlakatlarda bunday qarorlar Liga a’zolarining umumiy ovozi bilan qabul qilinadi. Faqat 2-3ta klubgina ovoz berishga jur’at etsa, buni qanaqasiga umumiy fikr sifatida qabul qilish mumkin? «Neftchi»ga kelsak, chempionlik uchun kurashda hozir yuzaga kelgan imkoniyatidan unumli foydalanmasa, keyingisini ancha kutadi...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:01, 13.09.2023.
O'qildi: 2227 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик