Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

Liviyadagi suv toshqinda besh nafar futbolchi halok bo‘ldi

Liviyadagi suv toshqinda besh nafar futbolchi halok bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Liviyada "Daniel" bo‘roni keng ko‘lamli suv toshqini keltirib chiqardi, eng ko‘p zarar ko‘rgan Derna shahri bo‘ldi.

Liviya futbol federasiyasining ma’lum qilishicha, falokat natijasida mamlakat elit divizionida to‘p surgan to‘rt nafar futbolchi - Shoxin Al-Jamil, Monder Sadakiy va aka-uka Solih va Ayuba Sasilar halok bo‘lgan. BBC Sport Africa nashrining xabar berishicha, halok bo‘lgan beshinchi futbolchi - Ibrohim Al-Kaziri.

Mahalliy "Darnes" jamoasining stadioni jiddiy shikastlangan.

Shuningdek, federasiya jahon chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yaqin kunlarga rejalashtirilgan o‘yinlarni to‘xtatib qo‘yishini ma’lum qildi.

Liviyadagi bir qator klublar toshqin qurbonlariga yordam berish uchun gumanitar tashabbuslarni amalga oshirdi, jumladan, jabrlangan hududlarga asbob-uskunalar va oziq-ovqat kolonnalarini jo‘natishdi.

Derna meri Abdulmanam al-Gayiti jabr ko‘rganlar soni 18 mingdan 20 minggacha yetishi mumkinligini aytdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 8 mingdan oshadi.

Kiritildi: 16:03, 14.09.2023.
O'qildi: 1691 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик