Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

APL. Superkompyuter yangi mavsum so‘nggida qaysi klublar YECHLga chiqishini ma’lum qildi

APL. Superkompyuter yangi mavsum so‘nggida qaysi klublar YECHLga chiqishini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Sun’iy ong 2023/24 yilgi mavsum so‘nggida "Manchester Yunayted" va "Chelsi" kuchli to‘rtlikka kira olmasligini bildirdi. APLda YECHLga chiqish borasida ozgina o‘zgarish yuz beradi. Qayd etilishicha, "tumanli Albion" klublari uchun, endilikda, beshinchi o‘rin ham Yevropaning eng nufuzli turniriga borish uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Ammo bu narsa mavsum davomida ingliz jamoalarining yevrokuboklarda qanchalik yaxshi qatnashishiga bog‘liq bo‘ladi. So‘nggi 11 mavsumda 5 o‘rinni olganlar ham YECHLga chiqishi mumkin edi. Ammo faqatgina 4 ta klubga yo‘llanmalar taqdim etib kelingan.

"Opta" taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi mavsum oxirida "Manchester Siti", "Liverpul", "Arsenal" hamda "Tottenxem"gina YECHLga chiqish imkoniga ega bo‘ladi. Xususan, bu borada "Manchester Siti", "Liverpul" va "Arsenal"ning imkoniyatlarini superkompyuter 80 foizdan ortiq deb biladi. "Shaharliklar" esa 99.93 foizlik ijobiy ehtimolga ega. "Tottenxem"niki ancha kam, 31.68 foizga teng. Ammo "shporlar" eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan "MYU"dan 3 foiz ko‘p imkoniyatga ega. "Qizil iblislar"ning ehtimoliy yo‘llanma olishi 4 ta tur natijalaridan keyin 63.2 foizdan 28.4ga tushib qolgan.

Top-klublardan keyingi o‘rinlarda ikkinchi eshelondagi jamoalar keladi. Ular ichida "Brayton", "Nyukasl", Vest Xem" va "Aston Villa" bor. Ularning imkoniyatlari 7 foizdan 20 foizgacha baholangan. Bu yerda "Nyukasl"ni alohida e’tiborga olish kerak. Garchand joriy yilda YECHL ishtirokchisi bo‘lsa ham, Eddi Xau jamoasi bundan keyin ochko yig‘ishga qiynalishi aytilmoqda. "Brentford" 4.18 foizlik yevrokubok imkoniyatiga ega va bu nisbatan yaxshi ko‘rsatkich sanaladi. Top-10 pog‘onasidan tushib qolgan nom esa sizni hayratga solishi aniq.

Maurisio Pochettino shogirdlarining imkoniyatlari YECHL uchun o‘ta past deb hisoblanmoqda. Superkompyuter "Chelsi"ga atigi 1.3 foizlik ehtimol bergan. Bir necha hafta oldin ularda 16 foiz imkoniyat bor edi. Ammo "Vest Xem" hamda "Nottingem"ga uchralgan mag‘lubiyatlar vaziyatni o‘zgartirib yubordi.
Sun’iy ong APLdan tushib ketish ehtimollarini ham hisoblab chiqdi. Bu borada favorit sifatida "Luton" (68.15), "Sheffild Yunayted" (64.46) hamda "Everton" (52.34) nomlari keladi. Ulardan keyin "Byornli", "Bornmut" hamda "Vulvz" qayd etildi. Ligadan tushib ketish masalasida "Chelsi"ning imkoniyatlari 0.99 foizga teng xolos.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 20:01, 14.09.2023.
O'qildi: 7509 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.