Ekvador terma jamoasi uchun Moyzes Kaysedo sardor sifatida ilk bor maydonga tushdi.
To‘g‘ri, bir-ikki daqiqa xolos. Biroq bu voqelik Ekvador terma jamoasining eng mashhur va tajribali futbolchisi, jamoaning asosiy to‘purari Enner Valensiya maydonni tark etganidan keyin sodir bo‘ldi.
U sardorlik bog‘ichini 21 yoshli Kaysedoga topshirdi, bu esa uni sezilarli darajada hayajonga soldi.