Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:00 Arsenal 2-2 Kristal Pelas
24/04 00:30 Xetafe 0-1 Real Madrid
24/04 00:30 Alaves 1-0 Real Sosyedad
24/04 22:00 Osasuna 1-0 Sevilya
24/04 22:00 Leganes 1-1 Jirona
25/04 00:30 Atletiko 3-0 Rayo Valyekano
25/04 00:30 Betis 5-1 Valyadolid
26/04 05:00 Nottingem Forest - Brentford
26/04 16:30 Chelsi - Everton
26/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Xorazm
26/04 19:00 Mash’al - Surxon
26/04 19:00 Brayton - Vest Xem
26/04 19:00 Nyukasl - Ipsvich
26/04 19:00 Sautgempton - Fulhem
26/04 19:00 Vulverhempton - Lester
26/04 20:15 So‘g‘diyona - Andijon

"Real Madrid" futbolchilari qancha maosh oladi?

"Real Madrid" futbolchilari qancha maosh oladi?

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi futbol dunyosidagi eng boy tuzilmalardan biridir. Shunga yarasha, rahbariyat o‘z futbolchilariga katta haq to‘laydi. Ammo Karlo Anchelotti shogirdlarining qay biri o‘z uyiga eng ko‘p pulni olib ketadi? Shu savolga javob topish uchun quyidagi statistikani o‘qishingiz kerak bo‘ladi.
Ispaniya giganti safida ko‘plab yuqori kalibrli yulduzlar harakat qiladi. Ular ichida uzoq yillardan beri klubga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan Modrichdan tortib, qisqa vaqt ichida muxlislar yoqimtoyiga aylana olgan Bellingemgacha bor. Albatta, buday futbolchilar arzon turmaydi. Qolaversa, ular arzon-garovga ham ishlamaydi.

"Real", Yevropada futbolchilari maosh uchun eng ko‘p sarf-xarajat qiladigan klublardan biri hisoblanadi. Shunga yarasha, muxlislar ulardan har yili qandaydir sovrin kutishadi. La-liganing eng katta maosh oladigan 25 ta futbolchisining 10 tasi, aynan "qaymoqranglilar" safida harakat qiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, har yili "qirollik klubi" rahbariyati 265 million 770 ming yevroni maoshlar uchun sarflaydi. Bu esa har hafta 5 million 110 ming yevro deganidir. Ammo ushbu qiymatning aynan qancha qismi kimlar cho‘ntagiga ketyapti? Quyida shu va shu kabi savollarga javob olasiz.
Eslatma: Ma’lumotlar "Capalogy" ueb-saytidan olingan bo‘lib, ular taxminiy hisob-kitoblarga asoslangan. Klublar futbolchilar maoshini aniq ochiqlamasligi sababli, biz eng yaqin qiymatlarni tuzishga harakat qildik.

1. Toni Kroos – 468 846 yevro
2. David Alaba – 432 692 yevro
3. Luka Modrich – 420 769 yevro
4. Jud Bellingem – 400 577 yevro
5. Vinisius Junior – 400 577 yevro
6. Tibo Kurtua – 288 462 yevro
7. Antonio Ryudiger – 280 335 yevro
8. Orelyen Tchuameni – 240 385 yevro
9. Ferlan Mendi – 200 385 yevro
10. Dani Sebalyos – 200 385 yevro
11. Dani Karvaxal – 200 385 yevro
12. Lukas Vaskes –180 385 yevro
13. Kepa – 173 077 yevro
14. Nacho – 164 231 yevro
15. Rodrigo – 160 192 yevro
16. Eduar Kamavinga – 160 192 yevro
17. Federiko Valverde – 156 346 yevro
18. Braim Dias – 140 192 yevro
19. Eder Militao – 140 192 yevro
20. Fran Garsiya – 100 192 yevro
21. Arda Gyuler – 100 000 yevro
22. Andrey Lunin – 54 038 yevro
23. Xoselu – 48 077 yevro.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 16:01, 15.09.2023.
O'qildi: 12210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz