Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal

Saudiya OFKni «qo‘lga oldi» – Osiyoda reglament saudlarga qarab o‘zgaraveradi(mi)?

Saudiya OFKni «qo‘lga oldi» – Osiyoda reglament saudlarga qarab o‘zgaraveradi(mi)?

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO

Osiyo Futbol Konfederasiyasi (OFK) Saudiya Arabistoni Davlat investisiya jamg‘armasiga (PIF) tegishli bo‘lgan uchta klubga Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etishiga ruxsat bergan, biroq qoida bo‘yicha bu mumkin emas. OFK ko‘p klublarga egalik qilish bo‘yicha o‘z qoidalarini e’tiborsiz qoldirib, huquqiy muammoga duch kelmoqda. The Guardian xabariga ko‘ra, Osiyoning bir qancha yetakchi klublari OFK va uning raisi Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifaga nisbatan qonuniy choralar ko‘rishni ko‘tarib chiqmoqchi.

2023/24 yilgi mavsum dushanba kuni boshlanishi kerak, «Al-Hilol» OCHLni to‘rt marta yutgan  bo‘lib, hozirda Neymar va «Fulxem»ning sobiq hujumchisi Aleksandr Mitrovich bilan maqtanadi. Shuningdek, Saudiyadan «An-Nassr» va «Al-Ittihod» ham PIF tarkibida bor. Buning ustiga o‘tgan mavsum Saudiya ikkinchi ligasidan yuqori ligaga ko‘tarilgan «Al-Ahli»ning 75% ulushi ham aynan PIF'ga tegishli. UYEFAning klublar o‘rtasidagi musobaqalar haqidagi qoidalariga o‘xshab, Osiyoda bir klubga ega bo‘la turib, ikkinchi jamoaning 30% dan ortiq ulushga ega bo‘lsa, Osiyo Chempionlar Ligasida qatnashish taqiqlanadi. OFKning klublarni lisenziyalash to‘g‘risidagi reglamentida ko‘rsatilishicha, bir klubning egalari bir xil musobaqada ishtirok etuvchi boshqa klubning aksiyadoriga aylanishi taqiqlanadi, shu bilan birga OFK nizomining 16-moddasida ham «hech kim uchinchi bo‘lib ulushga egalik qilishi mumkin emas» deyiladi. Bunda har qanday musobaqaning raqobatbardoshligi xavf ostida qolishi mumkin. Ayni paytda taqiqlar faqatgina OFK klublari ishtirokidagi musobaqalarga tegishli.

Ma’lum bo‘lishicha, «Manchester Siti» xo‘jayinlari «Mumbay Siti» va «Melburn Siti»ning 65% aksiyalariga egalik qiladi, buni City Football Group tartibga soladi. Bu oddiy jarayon bo‘lib, ikkala klub ham tegishli qoidalar va o‘yin talablariga to‘liq javob beradi. Bu yilgi musobaqada ular ikkita alohida mintaqaviy zonaga bo‘lingan va turnir davomida uchrashib qolish imkoniyati juda kam. «Mumbay» va «Melburn» mos ravishda G‘arbiy va Sharqiy zonada raqobatlashadi, biroq PIF'ga tegishli uchta klub va Saudiya Pro-ligasining to‘rtinchi vakili «Al-Feyxa» G‘arbiy zonada o‘ynashadi, shuning uchun nimchorak finalda ular o‘zaro to‘qnash kelishlari mumkin.

OFK o‘z qoidalarini e’tiborsiz qoldirgani tufayli turli ligalardan ularga qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda. Potensial huquqiy muammo konfederasiyaning sharqiy mintaqasi klublari tomonidan muhokama qilinmoqda. OFK va PIF bu borada Guardian'ning so‘roviga javob bermadi. O‘tgan hafta Yevropa klublari assosiasiyasi raisi Nosir al-Xelayfiy Saudiya Arabistoni klublarini Yevropa Chempionlar Ligasiga qo‘shilishi juda va juda qiyin ekanligini aytdi, biroq konfederasiyaning yetakchi tomonlari rahbarlari taklifni sinab ko‘rishni xohlashmoqda. Ammo Osiyoning boshqa klublari saudiyaliklar OFKga turli moliyaviy yordam berishi hisobidan konfederasiyani butunlay o‘z izmiga solib olishidan qo‘rqmoqda.

O‘tgan yili OFK tomonidan xatolik bilan barcha a’zo assosiasiyalarga xabar jo‘natildi. Unga ko‘ra Saudiya Arabistoni Futbol Federasiyasi agar 2023 yilgi Osiyo Kubogi Qatarga berilsa va Saudiya Arabistoniga 2027 yilgi qit’a chempionati mezbonligi topshirilsa, OFKga sezilarli darajada moliyaviy yordam ko‘rsatishini aytgan. Keyinroq Koreya futbol assosiasiyasi bayonotida aytilishicha, Yaqin Sharq mamlakatlarining haddan ziyod «moliyaviy saxiyligi» 2022 yil oktyabr oyida Qatarga 2023 yilgi Osiyo Kubogini topshirish qarorining imzolanishiga sabab bo‘lgan. Xususan, Saudiya Arabistoni 2027 yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish niyatini bildirgan. Bu imtiyoz orqali arablar asli Xitoyda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Osiyo Kubogining bekor qilinishi natijasida yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishga va’da bergan. Manbalarga ko‘ra, Xalifa hozir saudiyaliklarni rozi qilish uchun o‘z qoidalaridan ortga chekinishga intilmoqda. O‘tgan yili OCHLda o‘ynashga ruxsat berilgan xorijlik futbolchilar kvotasi qoidalari 3 tadan 5 taga o‘zgartirildi. Bu ham Saudiyani o‘ylab amalga oshirildi. Yevropadan «oqib» kelayotgan futbolchilar uchun albatta, 3 ta o‘rin yetmaydi. Osiyoning boshqa klublari va a’zo assosiasiyalari OFK Chempionlar Ligasining saudlar gigemoniyasiga aylanib ketishidan qo‘rqmoqda.

Dekabr oyida klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan Saudiya Arabistoni prinsipial raqibi Eron bilan yakunda murosaga kelishni afzal bildi. Yetti yil davomida neytral maydonda o‘tkazilgan o‘yinlardan so‘ng Saudiya va Eron klublari OCHLda bu taqiqni bekor qildi. Ronaldu va Benzema kabi o‘yinchilarga ega jamoalar global turnirlarda eng yuqori saviyada qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak va rahbariyat buni tezda anglab yetdi.

Yusufbek Saydaliyev  

Kiritildi: 19:58, 15.09.2023.
O'qildi: 7709 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.