Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

2023 yilning APL turnir jadvali bilan tanishing

2023 yilning APL turnir jadvali bilan tanishing

Baho:
+ | -

"Liverpul" joriy kalendar yili borasida APLda "MYU"dan yaxshiroq natijaga ega. Erik ten Xag jamoasi o‘tgan mavsum davomida mersisaydliklarni YECHL yo‘llanmasi uchun mag‘lub etgandi. Klopp shogirdlari esa vaqt o‘tishi bilan sekinlik bilan tiklana bordi. Ular ayni damda 2023 yil davomida "MYU"dan yaxshiroq natija qayd etib turibdi. Ammo bu ustunlik faqatgina gollar farqi bilan ifodalanadi xolos. Aslini olganda, "Liverpul", "MYU" va "Aston Villa" bu yili bir xil ochkoga erishgan. Ammo "Brayton" APLda so‘nggi 26 o‘yin natijasiga ko‘ra, yuqoridagi nomlardan ancha oldinda bormoqda. Jadvalni esa kutilganidek, "Manchester Siti" boshqarib turibdi.

Trebl-g‘oliblari 2023 yilda "Arsenal"ni ortda qoldirib, Angliya chempionligini qo‘lga kiritgandi. Yangi mavsumni ham "shaharliklar" o‘sha yuqori notada boshladi. Hozirda aynan ular 4 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan xolos. Jadvalning yanada pastrog‘iga qaraydigan bo‘lsak, u yerda "Nyukasl"ni ko‘ramiz. Eddi Xau shogirdlari bu kalendar yilida "Brentford" va "Brayton"dan kam ochko jamg‘ardi. Agarda ular yana YECHL yo‘llanmasi uchun kurashmoqchi bo‘lsa, tezda vaziyatini yaxshilashi talab etiladi.

Jadvalning eng kutilmagan natijasi "Chelsi" bilan yuz berdi. 2023 yilda APLda bo‘lib turgan jamoalarning ichida eng yomon natija qayd etgani, hozircha aynan London klubidir. Ular ochko yig‘ish borasida faqatgina "Everton"dan yaxshiroq ko‘rsatkichga ega. Pochettino jamoasi so‘nggi 27 ta o‘yinda, o‘rtacha bir o‘yinda bittadan kamroq ochko olgan. Garchand yangi murabbiy olib kelingan bo‘lsada, "Chelsi"da ӯnglanish kuzatilmayapti. Bu klub 4 ta turda 4 ochko to‘play oldi xolos. Muxlislar esa o‘zgarishlarni tezroq bo‘lishiga umid bog‘lashgandi. Demak, quyida to‘liq jadval bilan tanishasiz. Undan 17 tagina klub joy olgan. O‘tgan mavsumda Chempionshipga yo‘l olgan va yangi mavsum debyutantlarini ro‘yxatga kiritmadik. Negaki, ular 2023 yilni to‘liq APLda o‘tkazmaydi.

1. "Manchester Siti" – 65 ochko (+42)
2. "Arsenal" – 53 ochko (+15)
3. "Liverpul" – 49 ochko (+20)
4. Aston Villa" – 49 ochko (+12)
5. "MYU" – 49 ochko (+9)
6. "Brayton" – 47 ochko (+21)
7. "Brentford" – 42 ochko (+15)
8. "Nyukasl" – 40 ochko (+14)
9. "Tottenxem" – 40 ochko (+4)
10. "Vest Xem" – 36 ochko (+1)
11. "Fulxem" – 31 ochko (-6)
12. "Nottingem" – 31 ochko (-8)
13. "Vulvz" – 31 ochko (-15)
14. "Kristal Pelas" – 30 ochko (-4)
15. "Bornmut" – 25 ochko (-16)
16. "Chelsi" – 24 ochko (-11)
17. "Everton" – 22 ochko (-22).

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 21:21, 15.09.2023.
O'qildi: 1966 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик