Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Kristof Froynd: «Yangi chaqiruv naqadar yoqimli...»

Kristof Froynd: «Yangi chaqiruv naqadar yoqimli...»

Baho:
+ | -

Avstriyalik 46 yoshli sobiq futbolchi Kristof Froynd yaqinda «Bavariya» sport direktori lavozimida ishga kirishdi.

 «RB Zalsburg»da 17 yil davomida samarali faoliyat yuritgan mutaxassis endi bor bilimini «Gollivud FK» taraqqiyotiga safrlaydi, albatta. Kristof hozirdan «Bavariya» tizimini mutlaqo yangi darajaga olib chiqishga va’da bermoqda.

- Xalqaro futbolda bunday darajaga har doim ham duch kelavermaysiz. Shunday ekan, alohida qadriyatlarga ega jamoa chaqiruvidan bosh tortolmasdim. Umuman, yangi chorlov doim yoqimli, ayniqsa, «Bavariya» darajasidagi klublarniki.

- Kristof, «Bavariya»ga xush kelibsiz! Aytingchi, qanday inson va mutaxassissiz?

- Tabiatan qat’iyatli, jamoaviy ishchiman, hayotga hamisha ijobiy ko‘z bilan qarashga o‘rganganman. Tabiat qo‘ynida ko‘p vaqt o‘tkazishga moyilman, yana vatanimga qattiq bog‘langanman. Men uchun eng muhimi - uy va oila. Deylik, yaqinlar davrasida o‘zimni o‘ta qulay his qilaman. 

- Faoliyatingiz haqida ham qisqacha gapirib bersangiz...

- Aslida bu yo‘lni sharoit taqozosi bilan tanlaganman. 24 yoshdayoq futbolchilik fao­liyatiga nuqta qo‘yishimga to‘g‘ri keldi, chunki otam to‘satdan vafot etdi. Qisqasi, ota-onam yo‘lga qo‘ygan biznesni zimmamga olishim kerak edi. Biroq 4-5 yildan keyin boshqa yo‘nalishga bosh suqishni xohlab qoldim. Shu tariqa 2006 yili «RB Zals­burg» tizimida ish boshlash imkoniyati tug‘ildi. Takrorlayman, aslida funksioner bo‘lishni oldindan rejalashtirmagandim. Xullas, o‘z-o‘zidan imkoniyat yuzaga keldi va yangi ishdan ma’no ham, zavq ham topdim. Mana, bir necha yildan buyon faoliyatim rivojlanmoqda va bu juda yoqimli.

- Boshida «Bavariya» taklifiga qanday munosabat bildirdingiz?

- Avvalo, «Bavariya» mentalitetidan hamisha hayratlanganimni aytishim kerak. Dunyodagi eng yirik, o‘ta muvaffaqiyatli va oilaviy klublardan biri. Tarixi ham boy, asosiysi, yildan-yilga yaxshi rivojlanmoqda. Xalqaro futbolda bunday darajaga har doim ham duch kelavermaysiz. Shunday ekan, alohida qadriyatlarga ega jamoa chaqiruvidan bosh tortolmasdim. Umuman, yangi chorlov doim yoqimli, ayniqsa, «Bavariya» darajasidagi klublarniki.

- Aytingchi, shunday mega­klubda ishlashga nechog‘li tayyorsiz?

- Qaytaraman, bu - katta va yangi chaqiruv. Naq 17 yil o‘zimga tanish klub tizimida ishladim. Endi davrani kengroq olishim, yangi odamlar bilan munosabat o‘rnatishim talab etiladi. Umuman, Myunxenda hammasi boshqacha, o‘zgacha yondashuv bor. Darhaqiqat, mas’uliyatli va hayajonli ish. Shuningdek, bu yerda shaxsiy hayotim ham biroz o‘zgarishi muqarrar. O‘ylaymanki, klub ishonchini oqlash qo‘limdan keladi, faqat to‘plangan tajribadan o‘rinli tarzda foydalansam, bas.

- «Bavariya»dagi asosiy vazifalaringizni belgilab oldingizmi?

- Birinchi qadam - bu to‘g‘ri aloqa o‘rnatish uchun klub, hamkasblar, futbolchilar va xodimlar bilan tanishish. Boshida biroz qiynalarman balki. Shundan so‘ng sport yo‘nalishi, jamoa tarkibi masalalariga to‘liq sho‘ng‘isam kerak. Kelajakda deylik, aloqa nuqtai nazaridan ochiq maydon yaratmoqchiman. Oddiy aytganda, rahbariyat va jamoani bir-biriga yanada yaqinlashtirishni xohlayman.

Manba: fcbayern.com, 

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:29, 15.09.2023.
O'qildi: 1053 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.