Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ramush: «Hozir barcha fikrlarimiz «Borussiya»ga qarshi o‘yin haqida»

Ramush: «Hozir barcha fikrlarimiz «Borussiya»ga qarshi o‘yin haqida»

Baho:
+ | -

«PSJ»ning yangi futbolchisi Gonsalu Ramush Fransiya chempionatining 5-turi doirasidagi «Nissa»ga qarshi o‘yindan so‘ng fikr bildirdi.

Parij grandi 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

«Biz o‘z futbolimizni o‘ynashga harakat qildik. Ammo ba’zida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Har doim ham yaxshi o‘ynay olmaymiz, bu safar kuchli raqibga qarshi to‘qnash keldik.

Mag‘lubiyat hech qachon yaxshi his-tuyg‘ularni keltirmaydi. Ammo biz uchun bu natija allaqachon o‘tmishda qoldi.

Hozir barcha fikrlarimiz «Borussiya»ga qarshi o‘yin haqida», - deya hujumchining so‘zlarini keltiradi Lequipe.

«PSJ»ning navbatdagi o‘yini Chempionlar ligasi guruh bosqichida Dortmundning «Borussiya»siga qarshi bo‘ladi.

Uchrashuv 19 sentyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:46, 16.09.2023.
O'qildi: 978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик