"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes hujumchi Abde Ezzazulining "Betis"ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.
“U o‘zining shaxsiy qarori bilan ketdi. U har daqiqada o‘ynashni xohlardi, ammo biz bunga kafolat bera olmadik. Men unga shunday dedim. U "Betis"da muvaffaqiyat qozona oladimi yoki yo‘qmi, bilmayman", - deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi transfer oynasida 21 yoshli futbolchi "Betis"ga o‘tib, 2028 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan edi.