Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

A seriya. «Inter» derbida «Milan»ni yanchib tashladi

A seriya. «Inter» derbida «Milan»ni yanchib tashladi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 4-turi doirasida muxlislar Milan derbisiga guvoh bo‘lishdi. "San-Siro" stadionida "Inter" mezbonligida o‘tgan bahsda "Milan" yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Genrix Mxitaryan 5-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Markus Tyuram 37-daqiqada farqni oshirdi. Rafael Leau 57-daqiqada mehmonlarning yagona to‘pini kiritgan bo‘lsa, qolgan daqiqalarda "neradzurri" yana 3 marta raqib darvozasiga yo‘l topdi. Mxitaryan uchrashuvda dublga erishgan bo‘lsa, Hoqon Chalxanoglu va Davide Frattezi o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.

Ushbu g‘alaba tufayli "Inter" o‘z ochkolarini 12 taga yetkazgan bo‘lsa, "Milan" mavsumda ilk marta ochko yo‘qotdi — 9 ochko.

Italiya A seriyasi. 4-tur
Inter – Milan 5:1 (2:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 5 Mxitaryan, 2:0 – 38 Tyuram, 2:1 – 57 Rafael Leau, 3:1 – 69 Mxitaryan, 4:1 – 79, penalti Chalxanoglu, 5:1 – 90 Frattezi.
Inter – Zommer, Dumfris, Darmian, Acherbi, Bastoni (de Vrey, 74), Dimarko (Karlos Augusto, 64), Mxitaryan, Chalxanoglu (Aslani, 81), Barella (Frattezi, 64), Tyuram (Arnautovich, 64), Martines.
Milan – Menyan, Kalabriya (Florensi, 77), Kyer, Tiav, Ernandes, Krunich, Loftus-CHik (Musa, 86), Reynders (Yovich, 77), Pulishich (Chukvueze, 56), Rafael Leau, Jiru (Okafor, 77).
Ogohlantirishlar: Tiav (24), Ernandes (61), Chalxanoglu (72), Frattezi (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:16, 16.09.2023.
O'qildi: 2063 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик