Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anri: «Messini yagona yetakchi talab etiladigan jamoaga joylashtirish kerak»

Anri: «Messini yagona yetakchi talab etiladigan jamoaga joylashtirish kerak»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi va Fransiya terma jamoasi afsonasi Tyerri Anri hujumchi Lionel Messining «PSJ»dagi faoliyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Messining Parijdagi ikki yilidan hafsalam pir bo‘ldimi? Yo‘q. Nega? Chunki «PSJ»da o‘ynash azaldan bosh og‘riq. Ular mukammal tuzilma va tashkilotchilikka muhtoj. Qanday qilib bir vaqtning o‘zida Messi, Mbappe va Neymarni o‘ynatish mumkin?

Argentina terma jamoasi yaxlit tuzilmaga ega. U yerda uchta Messi yo‘q, u yolg‘iz. Uni yagona yetakchi talab etiladigan jamoaga joylashtirish kerak», - dedi Tyerri.

Lionel 2021 yildan 2023 yilgacha Parij jamoasida o‘ynagan. Yozdan beri u «Inter Mayami»da o‘ynamoqda.

Kiritildi: 11:14, 17.09.2023.
O'qildi: 1717 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.