Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Samvel Babayan: “Ertangi o‘yinda mo‘’jizaga ham umid qilamiz”

Samvel Babayan: “Ertangi o‘yinda mo‘’jizaga ham umid qilamiz”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL)”D” guruhi, 1-turidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" safarda “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)ga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi.

OCHL musobaqasi reglamentiga muvofiq, bo‘lajak bellashuv oldidan har ikki jamoaning bosh murabbiylari va bir nafardan futbolchilari ishtirokida bugun ertangi uchrashuv bo‘lib o‘tadigan Ar-Riyod shahridagi Shahzoda Faysal bin Fahd stadionining anjumanlar zalida bo‘lajak o‘yindan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan va “lochinlar”ning tajribali yarim himoyachisi Azimjon Ahmedov ertangi bahs borasida o‘z fikrlarini bildirishdi hamda OAV xodimlarining bo‘lajak uchrashuvga oid savollariga javob berishdi.

Odatdagidek, namanganliklar ustozi va futbolchisi matbuot anjumani avvalida ertangi o‘yin haqidagi fikrlarini bildirishdi.

Samvel Babayan: – Assalomu alaykum! Barchaga xayrli kun! Ertaga jamoamiz Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) guruh bahslari doirasidagi ilk bahsda maydonga tushadi. Ochig‘ini aytish kerak, mazkur nufuzli musobaqaning guruh bahslari qur’asi oldidan biz shunday darajadagi raqibga qarshi o‘ynashni xohlagandik.

Yana shuni ham ta’kidlamoqchimanki, biz ertaga Osiyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘ynaymiz. Saudiya Arabistoni futbolida yuz berayotgan islohotlar samarasi o‘laroq, “Al-Hilol”ning har bir chizig‘ida top futbolchilar jamlanishgan, tarkibidan zamonaviy futbolimiz yulduzlari o‘rin olishgan.

Xo‘sh, kuchli raqibga qarshi qanday o‘yin namoyish etish kerak? Buning uchun futbolchilardan avvalo, yuqori saviyali  o‘yin, intizomga bo‘ysunish va fidoyilik talab etiladi. Shuningdek, biroz omad ham kerak.  

“Al-Hilol” singari kuchli klubga qarshi kechadigan ertangi o‘yinda mo‘’jizaga ham umid qilamiz.

OCHL guruh bahslarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan “Navbahor” bilan ijobiy natijaga erishishni judayam xohlaymiz va klub bilan OCHL musobaqasida ham o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajarishi uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz.                                 

Azimjon Ahmedov: – Avvalo barchaga salom! Ertangi o‘yin jamoamiz uchun qiyin bo‘ladi. Chunki “Al-Hilol” kuchli jamoa va juda yaxshi o‘yin namoyish etyapti. Ammo biz – futbolchilar ham bo‘lajak bahsda barcha imkoniyatlarimizni ishga solgan holda, muxlislarimizga quvonch ulashishga harakat qilamiz. 

– Jahonning eng kuchli hujumchilaridan biri bo‘lgan Neymarga qarshi kechadigan o‘yinga qanchalik tayyorsiz?

Azimjon Ahmedov: – Albatta, Neymar singari mashhur futbolchiga qarshi to‘p tepish biz uchun sharaf. Uning o‘yinini o‘rgandik, ko‘rib chiqdik va Xudo xohlasa, uchrashuv davomida Neymarga munosib qarshilik ko‘rsata olamiz, deb o‘ylayman.

– Jamoangiz joy olgan guruhdan sizningcha, qaysi jamoalar “pley-off” bosqichiga yo‘l oladi?

Samvel Babayan: - Albatta, guruhimiz favoriti bu so‘zsiz “Al-Hilol”. Qolgan 3 ta jamoa esa  keyingi bosqichga chiqish uchun bir xil imkoniyatga ega.   

– “Al-Hilol” tarkibidan ko‘plab kuchli legionerlar, ya’ni, jahon futboli yudduzlari o‘rin olishgan. Ularga qarshi o‘ynash uchun shogirdlaringizni bo‘lajak uchrashuvga qanday tayyorladingiz?   

­Samvel Babayan: ­– Bo‘lajak raqibimizning nafaqat legionerlari, balki mahalliy futbolchilari ham kuchli. Boisi, ular milliy terma jamoaga nomzod o‘yinchilar sanalishadi. Ertangi o‘yinda “Al-Hilol” sardori ma’lum sabablarga ko‘ra, maydonga tusha olmaydi. Ammo bu menimcha, raqib o‘yiniga unchalik ham o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi. Biz ertangi o‘yinga tayyormiz.     

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 23:03, 17.09.2023.
O'qildi: 2977 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.