Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Sofyan Amrabat: «Har kuni g‘alaba qozonishni xohlayman»

Sofyan Amrabat: «Har kuni g‘alaba qozonishni xohlayman»

Baho:
+ | -

Sofyan Amrabat nihoyat, joriy yozgi transfer oynasining dedlaynida «Manchester Yunayted» safiga o‘tdi - ijara asosida.

Mankunianliklarning 27 yoshli yangi 4-raqam sohibi klub rasmiy saytiga bergan intervyusida o‘zining «orzusi»ga erishganidan g‘ururlanishi va Marokashdagi muxlislar uning «qizil iblislar» uchun maydonga tushishidan oldin hikoya qilishiga qanday munosabatda bo‘lishlari haqida gapiradi.

- Sofyan, Manchesterga xush kelibsiz! Siz bu klubdagi ilk marokashlik bo‘lasiz...

- Bundan juda faxrlanaman. Menimcha, ko‘plab marokashliklar allaqachon «Yunayted»ni kuzatib borishmoqda, ammo endi «MYU»ning Marokashdan qo‘shimcha millionlab muxlislari bo‘lishi aniq. Va ular juda faxrlanadilar. Umid qilamanki, men «Yunayted» muxlislarini baxtli va mag‘rur qila olaman.

- «MYU»ni tanlashingizga nima turtki berdi?

- «Yunayted»da juda ko‘p ajoyib va yosh yarim himoyachilar bo‘lgan. Umuman olganda, men Pol Skoulz, Roy Kin, Devid Bekxem kabi yarim himoyachilarni ko‘proq kuzatganman. Ammo u yerda katta o‘yinchilar juda ko‘p bo‘lgan: Gari Nevill, Rio Ferdinand, Lui Saa, Ueyn Runi, Ronaldu (Krishtianu)... buni bir soat davom etishim mumkin. Albatta, bu haqda akam bilan gaplashdik.

- 2016-2018 yillar davomida akangiz Nordin «Uotford»da o‘ynagan. Uning ham maslahatini oldingizmi?

- Ha, u bilan gaplashdik. U menga Premyer-liga dunyodagi eng kuchli liga ekanligini aytdi. Shunday qilib, hozir shu yerdaman va maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutyapman.

- Bu yerga o‘tishingizda asosiy faktor ilk bor katta futbolga Erik ten Xag qo‘l ostida qadam tashlaganingizmi?

- Bu juda muhim edi, chunki o‘shanda juda yosh edim. 18-19 yoshimda u menga «Utrext»ning birinchi jamoasida o‘ynash imkoniyatini berdi. Biz birgalikda ajoyib onlarni o‘tkazgandik. Haqiqatdan ham yaxshi mavsum edi. Men undan ko‘p narsalarni o‘rgandim. Shunday ekan, ehtimol u faoliyatimdagi eng muhim insonlardan biridir. Erik ten Xag har doim o‘z chegarasida ishlaydigan murabbiy. U har doim och - faqat g‘alaba qozonishni xohlaydi. U g‘olib va men uni yaxshi ko‘raman. O‘ylaymanki, men ham xuddi shunday - g‘olibman, har kuni g‘alaba qozonishni xohlayman.

- O‘zingizni qanday ta’riflaysiz?

- Men o‘zim haqimda gapirishni yoqtirmayman. Buni maydonda ko‘rsatmoqchiman, lekin qo‘limdan kelganicha harakat qilaman, deb va’da beraman: har kuni, har daqiqada, har soniyada!

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:59, 17.09.2023.
O'qildi: 1423 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.