Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

GaltYE: "Menga qo‘yilgan ayblovlarning barchasi yolg‘on"

GaltYE: "Menga qo‘yilgan ayblovlarning barchasi yolg‘on"

Baho:
+ | -

"PSJ"ning sobiq bosh murabbiyi Kristof Galtye irqchilik va musulmonlarga nisbatan dushmanlik ayblovlariga izoh berdi.

Joriy yilning bahorida Galtye "Nissa"da ishlayotgan vaqtida jamoada "bu qadar ko‘p qora tanlilar va musulmonlar bo‘lishi mumkin emas" deb aytgani xabar qilingandi. U 3 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan va polisiya tomonidan hibsga olingan. Mutaxassis 15 dekabr kuni sudga keladi.

"Bularning barchasi yolg‘on, to‘liq yolg‘on. Futbolchilar, futbol odamlari, murabbiylar meni bilishadi. Odamlar mening kimligimni bilishadi, lekin, albatta, bunday hollarda ular faqat bitta iborani eslashadi, lekin meni qo‘llab-quvvatlaganlarni eslamaydilar. “Nissa” futbolchilari bu borada ochiqchasiga gapirmadi, lekin men ham gapirmadim. Lekin nega sport direktori Jyulyen Furnye meni ayblashini bilaman. Dekabrda aytaman.

Meni irqchilikda ayblashayotgani yo‘q. Prokuror meni ikkita jinoiy ish bo‘yicha sud qilishimni istamoqda: birinchisi, ayrim o‘yinchilarni ma’naviy ta’qib qilish, ikkinchisi – ayrim futbolchilarni kamsitish. Va bu butunlay boshqacha.

Ramazon oyida murabbiy sifatida meni tashvishga soladigan narsa futbolchilarning salomatligi va jamoaning o‘yini. Futbolchilar Ramazonni o‘zlari xohlagandek o‘tkazishdi. Ularning hammasi o‘ynashdi.

Jamoa bilan ishlash uslubimni tanqid qilishingiz mumkin, Galtyeni himoyaviy murabbiy deyishingiz mumkin. Ammo Kristof Galtyeni irqchi deyishsa, men buni qabul qilmayman. Men bunga qo‘shila olmayman", - dedi Galtye Onze Mondial bilan suhbatda.

Kiritildi: 10:46, 18.09.2023.
O'qildi: 818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик