Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Anchelotti "Real" safida g‘alaba qozonish bo‘yicha Zidanni ortda qoldirdi

Anchelotti "Real" safida g‘alaba qozonish bo‘yicha Zidanni ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

"Real" La Liganing 5-turida o‘z maydonida "Real Sosyedad"ni mag‘lub etdi - 2:1.

Bu g‘alaba Karlo Anchelotti uchun madridliklar boshchiligidagi 173-g‘alaba bo‘ldi. U Zinedin Zidanni ortda qoldirdi va endi g‘alabalar bo‘yicha klub tarixida 2-o‘rinni egallab turibdi. Rekord 357 ta g‘alabaga erishgan Migel Munyosga tegishli.

Anchelotti La Ligada 112, Chempionlar ligasida 36, Ispaniya kubogida 17, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida 4, Yevropa Superkubogida 2 va Ispaniya Superkubogida 2 o‘yinda g‘alaba qozongan. 64 yoshli italiyalik mutaxassis bilan “Real” 10 ta chempionlikni qo‘lga kiritdi – 2 marta Chempionlar ligasi, 2 marta Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, 2 marta Yevropa Superkubogi, 2 marta Ispaniya kubogi, 1 marta La Liga va 1 marta Ispaniya Superkubogi.

Kiritildi: 12:20, 18.09.2023.
O'qildi: 1726 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик