Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Maksim Shaskix: "Uzoq vaqtdan keyin muxlislar qarshisida yana xalqaro o‘yin o‘tkazamiz"

Maksim Shaskix: "Uzoq vaqtdan keyin muxlislar qarshisida yana xalqaro o‘yin o‘tkazamiz"

Baho:
+ | -

"Paxtakor" va "Al Ayn" jamoalari o‘yinidan oldingi matbuot anjumanida bosh murabbiy Maksim Shaskix va yarim himoyachi Sardor Sobirxo‘jayev ishtirok etdi.

Shaskix: - Ertangi o‘yinni bir yarim yil kutdik. Mana o‘sha vaqt keldi. Ertaga yaxshi o‘yin namoyish etamiz deb o‘ylayman. Raqib ham yaxshi jamoa va kuchli futbolchilarga ega. Biz ertaga o‘z o‘yinimizni raqibga o‘tkazishni harakat qilamiz.
Jamoada o‘zgartirib bo‘lmas futbolchilar yo‘q. Ularning o‘rnini boshqa futbolchilar bilan to‘ldiramiz. Tarkibimizda futbolchilar yetarlicha. Umid qilamanki, ertaga tarkibdagi o‘zgarishlar bizga qiyinchilik to‘g‘dirmaydi.

Ayni damdagi maqsadimiz guruhdan chiqish. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan so‘ng, maqsadlar o‘zgarishi aniq, ammo hozirgi asosiy maqsadimiz pley-off bosqichiga chiqish.

"Bunyodkor" stadionida mashg‘ulot o‘tkazdik va maysa holati yaxshi. Muhimi biz o‘z o‘yimizda o‘ynamoqdamiz va muxlislar yonimizda bo‘lishadi. Avvalgi mavsumlar esa ayrim bir sabablarga ko‘ra buning iloji yo‘q edi. Endi bemalol uy va mehmonda o‘ynay olamiz. Ertaga muxlislar ajoyib atmosfera yaratib berishadi degan umiddaman.

Osiyo chempionlar ligasida kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi. Barcha jamoalar guruh bosqichiga chiqish uchun uzoq yo‘lni bosib o‘tadilar. Barcha raqiblar kuchli va ularni o‘rganib chiqamiz, faqat "Axal" jamoasiga qarshi o‘yinlar qiyin kechishi aniq. Sababi ular haqida ma’lumot juda-juda kam. Barchasi o‘z qo‘limizda.

Bizda har doim turli rejalar bor. Biz taktik uslub yoki o‘yin sxemasini o‘zgartirishimiz mumkin. Har doim o‘zgarishlar qilishga tayyormiz va ertangi o‘yinda buni bilib olasizlar.

Sobirxo‘jayev: - Ertaga chempionlar ligasidagi yurishimizni boshlaymiz. Eng muhimi, barcha futbolchilar ertangi o‘yinga tayyor va muxlislarga ma’qul keladigan o‘yin namoyish etamiz.

Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати
Kiritildi: 18:42, 18.09.2023.
O'qildi: 2113 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик