Kirish Ro'yxatdan o'tish

"PSJ" forvardi uchun kurashga APLning yana bir klubi qo‘shildi

"PSJ" forvardi uchun kurashga APLning yana bir klubi qo‘shildi

Baho:
+ | -

"PSJ" hujumchisi Ugo Ekitikega Angliya Premyer-ligasining yana bir klubi qiziqish bildirmoqda.

Mish-mishlarga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi so‘nggi transfer oynasida Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin edi, ammo "PSJ" bu taklifni qabul qilmadi. Yaqinda OAV fransiyalik futbolchiga "Vest Xem" va "Kristal Pelas"dan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, "Brentford" ham futbolchini kuzatib bormoqda va yanvar oyida u uchun Premyer-liganing boshqa vakillari bilan bellashishga umid qilmoqda.

Transfermarkt portali ekspertlari Ugo Ekitikening narxini 20 million yevroga baholamoqda. Forvard joriy mavsumda maydonda faqat bir marta maydonga tushdi.

Kiritildi: 07:52, 19.09.2023.
O'qildi: 859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик