Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

"Brayton"ga mag‘lubiyatdan keyin, "MYU"ning to‘rt futbolchisi bir-biri bilan janjallashgan

"Brayton"ga mag‘lubiyatdan keyin, "MYU"ning to‘rt futbolchisi bir-biri bilan janjallashgan

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" ustida yana qora bulutlar suza boshladi. Erik ten Xag jamoasi yangi mavsumning 5 ta bahsidan 3 tasida mag‘lubiyatga uchradi. Bu esa jamoa kayfiyatiga ham ta’sir qilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, 4 ta "MYU" yulduzi ishtirokida kiyinish xonasida janjal bo‘lib o‘tgan. Shu kabi voqealar haqida klub afsonasi Gari Nevill kayfiyatsiz futbolchilar jamoa uchun "xavfli" ekani, ular muammo va "noqulayliklar" keltirib chiqarishi mumkin ekanini bildirgandi. Shunday voqea allaqachon sodir bo‘lgan. "MYU"ning o‘z uyidagi "Brayton"ga mag‘lubiyati vaziyatni og‘irlashtirdi.

Jamoa sardori Brunu Fernandesh o‘z jamoadoshi Skott Maktominey bilan urshib qolgan. Shuningdek, himoyachilar Lisandro Martines va Viktor Lindelyoflar ham bir-biriga baqirib, janjal ko‘targan. Buni ko‘rgan ten Xag vaziyatni yumshatishga harakat qilib, futbolchilardan "o‘zlarini bosib olish"ni so‘ragan. Niderlandiyalik mutaxassis avvalroq Jeydon Sanchoni jamoaviy mashg‘ulotlardan chetlatgan edi. Shuningdek, 53 yoshli murabbiy Meyson Grinvud va Antonidan ham ayrilgan. Xarri Maguayr esa mavsum avvalida sardorlikdan mahrum etilgan edi. Qolaversa, himoyachi asosiy tarkibdan chiqarib tashlangan.

Gari Nevill o‘z sahifasida shunday degan edi: "Kiyinish xonasida Sancho va Maguayr qanchalik muhim figuralar? Menimcha, hozir ten Xagda yaxshi natijalarga halaqit qiluvchi muammolar bor va ularning hammasi icharikda. Biz bu haqida bila olmaymiz. Jamoada akademiyadan chiqqan hujumchi bor edi. Ammo hozir u bu yerda emas. Jamoada Xarri kabi futbolchi bor va u 12 oy oldin jamoa sardori edi. Ammo hozir u 3, 4 yoki beshinchi tanlov futbolchisiga aylandi. Demak, nimadir xato ketyapti".

"Ten Xag hal qilishi mumkin bo‘lgan masalalar bisyorga o‘xshaydi. Afsuski, biz bu haqida bilmaymiz. Ammo ularning o‘zlari ham jamoada nima darz ketganini hali aniq ayta olmaydi. Fergyusondan keyin ko‘p murabbiylar almashdi. Ularning hammasi jamoadagi muammolarni bilgan. Umid qilamanki, hozirgi vaziyat faqatgina murakkab mavsum avvali xolos. Ten Xag Mourinyo, van Gal, Devid Moyes, Rangnik va Sulsher tushgan holga tushmaydi".
Eslatib o‘tamiz, "MYU" ertaga YECHLning 1 turida "Bavariya" bilan to‘qnash keladi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:17, 19.09.2023.
O'qildi: 8113 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.