Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Sarr "Chelsi"ni tark etib, ispan klubiga o‘tishi mumkin

Sarr "Chelsi"ni tark etib, ispan klubiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Huquqlari Londonning “Chelsi” klubiga tegishli bo‘lgan markaziy himoyachi Malang Sarr faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shishga "Betis" klubi qiziqmoqda. Ispaniya klubi yanvar oyidagi transfer oynasida Malang bilan shartnoma imzolamoqchi. Potensial kelishuv 4-5 million yevroga baholanmoqda.

Sarrning "pensionerlar" bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

O‘tgan mavsumda himoyachi "Monako"da o‘ynagan. U Fransiya chempionatining 13ta uchrashuvida qatnashib, uchta sariq kartochka olgan.

Kiritildi: 14:06, 19.09.2023.
O'qildi: 1040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик