Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Samvel Babayan: “Qo‘shimcha vaqtda g‘alabani qo‘ldan boy berdik”

Samvel Babayan: “Qo‘shimcha vaqtda g‘alabani qo‘ldan boy berdik”

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar

Osiyo Chempionlar ligasi, “D” guruhi, 1-turidan o‘rin olgan “Al-Hilol” – “Navbahor” (1:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

- Assalomu alaykum! Biz Osiyoning ayni damdagi eng kuchli klubiga qarshi o‘yin o‘tkazdik. Mazkur bahsdan oldingi matbuot anjumanida ta’kidlaganimdek, yaxshi tashkillashtirilgan o‘yin, yuqori fidoyilik va intizom evaziga har qanday jamoaga qarshi o‘ynash mumkin. Yigitlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ular kiyinish xonasidagi ko‘rsatmalarimga to‘liq amal qilishdi.

Biroq, garchi “Al-Hilol”dan ochko olgan bo‘lsakda, bugungi natijadan qoniqmadik. Boisi, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborib, g‘alabani qo‘ldan boy berdik. Ammo shunday bo‘lsada, bugun muhim ochkoni qo‘lga kiritdik hamda mazkur ochko OCHLda o‘z oldimizga qo‘yilgan maqsad, ya’ni, guruh bahslarini muvaffaqiyatli yakunlab, “pley-off” bosqichiga yo‘l olishimizda muhim ahamiyat kasb etadi, deb o‘ylayman.

- Jamoaning OCHLdagi keyingi strategiyasi qanday bo‘ladi? Boisi, ushbu guruhdan keyingi bosqichga chiqish “Navbahor” uchun oson bo‘lmaydi. OCHLning keyingi uchrashuvlarida ham xuddi bugungidek taktika qo‘llaysizlarmi?

- O‘yindan oldingi matbuot anjumanida ta’kidlaganimdek, guruhimiz favoriti bu shubhasiz, “Al-Hilol”. Bugungi bellashuvdagi strategiya va taktika raqibdan kelib chiqib tanlangandi. Boisi, biz Osiyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi maydonga tushdik. Albatta, o‘z maydonimizdagi uchrashuvlarda “Navbahor” hujumkor o‘yin namoyish etadi. Biz bugun raqibga moslashuvchan jamoa ekanligimizni namoyish etdik. “Al-Hilol”ning tinimsiz hujumlariga bardosh bergan holda, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldik. Jasur Yaxshiboyev mezbonlar darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, ikkinchi golni urganida, 3 ochkoni qo‘lga kiritishimiz ham mumkin edi.

- Keyingi o‘yinlarda ham shogirdlaringiz xuddi bugungi bahsdagi kabi vaqtni cho‘zishga harakat qilishadimi?

- Yigitlar atayin vaqt cho‘zishmadi, balki bunga futbolchilarning jarohatlari va toliqishlari sabab bo‘ldi. Biroq uchrashuvning asosiy vaqtiga hakam keragidan ortiq, ya’ni, 14 daqiqa vaqt qo‘shib berdi. Yana qaytaraman, biz bugun Osiyoning kuchli jamoasiga qarshi maydonga tushdik. Yuksak fidoyilik, yaxshi shakllangan o‘yin, intizom evaziga deyarli kerakli natijaga erishdik. Ammo biroz ko‘ngilni xira qiladigan jihati, qo‘shimcha vaqtda g‘alabani qo‘ldan boy berdik.

- Neymarning o‘yini borasida nima deya olasiz?

- Albatta, Neymar singari yuqori saviyali futbolchining Osiyo futbolida o‘ynashi, qit’amiz futbolining obro‘sini oshiradi. Lekin u ham boshqalar singari o‘yinchi. Shuning uchun yigitlarga Neymarga bo‘sh hududlar qoldirmaslik, to‘p unda bo‘lganida, jamoadoshlarini ko‘zdan qochirmaslikni uqtirgandim. Shogirdlarim buni uddalashdi va mazkur o‘yinda Neymar o‘zining eng yaxshi jihatlarini namoyish eta olmadi.

– “Al-Hilol” tarkibidan ko‘plab jahon yulduzlari o‘rin olishgan. Siz ularga alohida futbolchilar biriktirib, shogirdlaringizga ularni yaxshi qo‘riqlashni uqtirganmidingiz?

- Haqiqatdanam, “Al-Hilol” tarkibidan yuqori saviyali, top futbolchilar o‘rin olishgan. Lekin men ular uchun alohida o‘yinchilarni biriktirmadim. Faqatgina o‘sha futbolchilar maydonchamiz tarafiga o‘tishganida, yigitlar ularga o‘yin bermaslik, munosib qarshilik ko‘rsatishga intilishdi.

Yana bir marta ta’kidlayman, jamoamiz Osiyoning eng kuchli klubiga qarshi maydonga tushdi va men o‘yindan oldin aytgan mo‘’jiza ushbu bahsda deyarli yuz berdi. Lekin biz mazkur uchrashuvda zafar quchishimiz lozim edi. Ammo o‘yin yakunida konsentrasiyani yo‘qotib, o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik. Biroq, 1:0 hisobida g‘alaba qozonayotganimizda, ikkinchi golni urib, o‘yinni yakunlashimiz lozim edi.

Kiritildi: 16:04, 19.09.2023.
O'qildi: 1537 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.