Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Nyukasl" UEFA qoidalarini buzdi

"Nyukasl" UEFA qoidalarini buzdi

Baho:
+ | -

Bo‘ron tufayli "Nyukasl"ning Italiyaga parvozi kechiktirildi va ingliz jamoasi kechikib yetib keldi. "Magpiylar" beixtiyor UEFA qoidalarini buzdi. Eddi Xauning matbuot anjumani kech boshlandi. "Nyukasl" ustozi vaziyatga izoh berdi.

“Bu bizning ishimizning ajralmas qismi, bu yerda g‘ayrioddiy narsa yo‘q. Ob-havo bilan bog‘liq muammo bor edi, biz bunga duch kelganmiz. Biz xohlaganimizdan biroz kechroq yetib keldik. Ammo buning hech qanday yomon joyi yo‘q", dedi Xau jurnalistlarga.

UEFA qoidalariga ko‘ra, matbuot anjumani o‘yindan bir kun oldin soat 12:00 dan 20:00 gacha bo‘lishi kerak. Eddi Xau jurnalistlar oldiga soat 21:00 da chiqdi.

Kiritildi: 18:17, 19.09.2023.
O'qildi: 2087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик