Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

"Chelsi"ning jarohatlangan futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa: ularning narxi 400 million yevroga teng

"Chelsi"ning jarohatlangan futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa: ularning narxi 400 million yevroga teng

Baho:
+ | -

"Chelsi"ning jarohatlar bilan bog‘liq muammolari tugamayapti. Bu narsa esa Pochettinoni jamoani tezroq shakllantirib, barqaror o‘yin ko‘rsatishga qo‘ymayotir. London klubi 5 ta turda bir bor g‘alaba qozondi. Bunga ko‘p sabablar qatori, jarohatlangan futbolchilarning ham salbiy ta’siri bor. Quyida ulardan tuzilgan ramziy terma jamoaga e’tiboringizni qaratamiz.

Darvozabon: Markus Bettinelli

Bettinelli "Chelsi"da 2021 yildan beri harakat qilib kelmoqda. U hozirga qadar faqatgina bitta kubok o‘yinida maydonga tushirilgan xolos. Shunday ekan, uning yo‘qligi jamoaga unchalik ham sezilmaydi. Ammo Sanches kutilmaganda jarohat olsa, Pochettino uchun vaziyat yanada og‘irlashadi.

Markaziy himoya: Vesli Fofana

Fofananing umri "Chelsi"da faqatgina jarohatlar bilan o‘tdi. Himoyachi joriy mavsum oxiriga qadar maydonga qayta olmasligi aytilgan. Fransiyalik futbolchi yozda tizzasidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazgandi. Fofana "Lester Siti"dan 2022 yilda 70 million funtga sotib olingan. U maydonga hozirga qadar 20 ta o‘yinda tushirildi xolos.

Markaziy himoya: Benua Badiashile

Badiashile ahvoli ancha yaxshi ekani aytilgan. U tez orada yana jamoaga qaytadi. U "Monako"dan 32.7 million funtga sotib olingan. Mavsumoldi bahslarida uning jarohat olgani haqida ma’lum qilingandi. Pochettino uchun himoyaning mustahkam bo‘lishi juda zarur va bu borada Badiashilega suyanish lozim.

Chap qanot himoya: Trevo Chaloba

Chaloba yangi mavsumda maydonga tushirilmadi. U yozda jamoadan ketishi kerak edi. Unga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda. Kelayotgan qishda himoyachi baribir ketadi. Hozir Chaloba tiklanishning maxsus bosqichini o‘tamoqda.

O‘ng qanot himoya: Ris Jeyms

Pochettinoning yo‘qotishlari ichida eng kattasi bu Jeymsdir. 25 yoshli himoyachi "Liverpul"ga qarshi bahsda Ben Chilvell bilan ajoyib harakat qilgandi. Ammo shundan keyin u ko‘rinmadi. Jeyms o‘tgan mavsum davomida ham jarohatlari sababli 16 tagina APL bahsida maydonga tushgan.

Yarim himoya: Moyses Kaysedo

Kaysedo Ekvador terma jamoasi bilan birga ekanida jarohat oldi. Uning tizzasida muammo borligi aytilmoqda. Kaysedo "Bornmut" bilan o‘yinda qaytishi mumkin edi. Ammo unga dam berildi. Keyingi tur 115 millionlik futbolchi uchun qayta start olish payti bo‘ladi.

Yarim himoya: Romeo Laviya

Laviya sotib olinganidan beri maydonga tushgani yo‘q. Pochettino uni sport formasiga qaytarib, jamoaga qo‘shishga harakat qilmoqda. Belgiya terma jamoasi a’zosi to‘pig‘idan jarohat olgandi. U oktyabr oyiga qadar maydonga qayta olmaydi.

Yarim himoya: Karni Chukvuemeka

"Liverpul" va "Vest Xem"ga qarshi bahsda ajoyib harakat qilgan futbolchi, "bolg‘achilar" darvozasiga gol urib, maydonni tark etgandi. Karni oktyabr o‘rtalaridan keyin jamoaga qaytishi aytilgan. Uning yo‘qligi bilinishi aniq. Negaki, yarim himoyada yaxshi vakillar yetarli emas.

Chap qanot hujum: Kristofer Nkunku

Nkunku "Borussiya Dortmund"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida jarohat olgandi. U shu sababli hali birorta bahsda maydonga tusha olmadi. Nkunkuning yo‘qligi, "Chelsi"ning gol urishdagi muammolarini yaqqol yuzaga chiqardi.

O‘ng qanot himoya: Noni Madueke

Madueke "Bornmut"ga qarshi qaydnomadan olib tashlangandi. Negaki, u Angliya terma jamoasida mushaklaridan jarohat olgandi. U "Aston Villa"ga qarshi hafta yakunidagi bahsda qaytishi kutilmoqda.

Hujumchi: Armando Broya

Broya o‘tgan yilning dekabrida, mundialdagi tanaffusda "Aston Villa"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olgandi. U shundan beri birorta o‘yinda ko‘rinish bermadi. Albaniya terma jamoasi a’zosi "Sautgempton"da nimalarga qodir ekanini ko‘rsatib qo‘ygan. Shu sabab, hamma uning qaytishini kutmoqda. Broyaga yetarlicha vaqt beriladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 10:48, 20.09.2023.
O'qildi: 2209 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.