Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Xose Venansio Lopes: "O‘FA rahbariyati mamlakatda futzal bo‘yicha ulkan loyiha amalga oshirilayotganini aytdi"

Xose Venansio Lopes: "O‘FA rahbariyati mamlakatda futzal bo‘yicha ulkan loyiha amalga oshirilayotganini aytdi"

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futzal terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlanishi munosabat bilan matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes quyidagilarni bildirdi.

"Avvalo, O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganimdan xursandman. O‘FA rahbariyati mamlakatda futzal bo‘yicha ulkan loyiha amalga oshirilayotganini aytdi. Hozircha faqatgina tashkiliy ishlar bilan band bo‘laman, jamoa bilan Osiyo kubogi saralash bosqichidan so‘ng mashg‘ulotlarni boshlayman. Unga qadar hozirgi bosh murabbiy Bahodir Ahmedov jamoa bilan ishlaydi. O‘ylaymanki, bir jamoa bo‘lib ishlasak, albatta, ko‘zlangan natijaga erishamiz.

O‘zbekiston terma jamoasi bilan yaxshi tanishman. Chunki Ispaniya terma jamoasi murabbiyi sifatidagi debyut o‘yinim aynan O‘zbekistonga qarshi bo‘lgan. Litvadagi Jahon chempionati oldidan Ispaniyada tashkil etilgan yig‘inda ham jamoaning uslubini o‘rganib chiqqanmiz.

Eng muhimi, O‘zbekistonda futzal pastki bog‘indan rivojlanib bormoqda. Ispaniyalik Xose Mariya Mendez bu yerda faoliyat yuritgan. U mening yaqin do‘stim va juda kuchli mutaxassis bo‘lib, u boshlagan ishni Bahodir Ahmedov ham a’lo darajada davom ettirdi. Yaxshi shakllanga jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanganimdan xursandman. Futzalchilarning darajasi juda yuqori. Himoyada harakatlanish va hujumga tezkorlik bilan o‘tish ustida alohida ishlaymiz.

Bahodir Ahmedov yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadi, uning shtabida faoliyat yuritgan barcha murabbiylar o‘z oshini davom ettiradilar, jamoaga fizioterapevt va tahlilchi murabbiy ham taklif etamiz" - dedi Xose Venansio Lopes.

Kiritildi: 17:11, 20.09.2023.
O'qildi: 1381 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.