Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Vladimir Bubanya: «Navbahor»ga qarshi o‘yinda stadion muxlislar bilan to‘lishiga shubha qilmayapman»

Vladimir Bubanya: «Navbahor»ga qarshi o‘yinda stadion muxlislar bilan to‘lishiga shubha qilmayapman»

Baho:
+ | -

23 sentyabr kuni “Bobur Arena”da Superliganing 19-turida “Andijon” “Navbahor”ni qabul qilishidan yaxshi xabardorsiz. Ushbu vodiy derbisiga qiziqish har tomonlama yuqori darajada va bu oddiy o‘yin bo‘lmasligi shubhasiz.

Uchrashuvning ahamiyati nechog‘lik muhimligini “Andijon” a’zolari ham to‘liq his qilib turibdilar. “Andijon”ning serbiyalik legioneri, tajribali himoyachi Vladimir Bubanya esa bo‘lg‘usi derbi oldidan klub matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berdi.

— “Navbahor”ga qarshi uchrashuv uchun tayyorgarlik qanday ketmoqda? Bo‘lajak o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapsizmi?
— Ha, biz kuchli tarzda bo‘lajak o‘yin uchun tayyorlanyapmiz. “Navbahor”ga qarshi o‘yin uchun kichik yig‘inni o‘tkazib oldik.

— “Navbahor”ning Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida “Al-Hilol”ga qarshi bellashuvini ko‘rdingizmi?
— Ha, men “Navbahor”ning o‘yinini ko‘rdim. Jamoa a’lo darajada to‘p surdi, himoyaga ko‘proq ahamiyat berdi va gol urish uchun imkoniyatini kutdi. Natijada golini qarshi hujumdan keyin urdi.

— 23 sentyabr kuni “Bobur Arena” stadioni muxlislar bilan to‘lib-toshishiga ishonyapsizmi?
— O‘zaro o‘yinimizda stadionning muxlislar bilan liq to‘lishiga va undagi muhit a’lo darajada bo‘lishiga shubha qilmayapman.

— Siz bungacha ham vodiy derbilarida o‘ynagansiz. Qaysi bahs yodingizda ko‘proq saqlanib qolgan yoki unutilmas derbi endi bo‘ladi, deb o‘ylaysizmi?
— Men vodiy derbisida bir necha bor o‘ynaganman. Yaqinlashib kelayotgan bellashuvga ham xuddi boshqa uchrashuvlardagi kabi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Ha, derbining muxlislar uchun qanday ahamiyatga egaligidan xabarim bor. Jumladan, biz uchun ham uning ahamiyati o‘zgacha.

— Bir so‘z bilan aytganda, siz vodiy derbisiga tayyormisiz?
— Albatta, men tayyorman va jamoamizdagi har bir o‘yinchi ham bo‘lajak o‘yinga tayyorlar.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 21:28, 21.09.2023.
O'qildi: 2745 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.