Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi 0-2 Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya 1-0 Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

Isko Sevilyaga ikkinchi bor qaytdi, biroq boshqa klubga

Isko Sevilyaga ikkinchi bor qaytdi, biroq boshqa klubga

Baho:
+ | -

Ikkinchi imkoniyat - bu hayot va sport beradigan eng katta sovg‘alardan biri. Bu borada karyerasini jonlantirish uchun La Ligaga qaytgan insonning namunasi bor. Bu «Betis» vakili Isko. Bir paytlar ispaniyalik o‘z nomini qayta tiklash yo‘lida «Real Madrid»da ko‘p harakat qildi. Ammo aynan shu yerda futbolchining karyerasi pasayishni boshladi.

Joriy mavsum boshlangunga qadar 31 yoshli Isko 9 oy davomida futbol o‘ynamadi. Uning 2017 yilda Chempionlar ligasining eng yaxshi jamoasi tarkibidan o‘rin egallagani, 5 karra Chempionlar ligasi g‘olibi va uch karra Ispaniya chempioni bo‘lganidan xabaringiz bor. Biroq Iskoning uzoq vaqt maydonga tushmagani jarohat bilan bog‘liq emas edi. U oxirgi marta 2022 yilning noyabr oyida «Sevilya» safida ko‘rinish bergan.

Keyinchalik sodir bo‘lgan voqea dramatik edi. Iskoning «Sevilya» sport direktori Monchi (hozirda «Aston Villa»da ishlaydi) bilan mojarosi haqida xabarlar paydo bo‘lgach, uning shartnomasi bekor qilindi. Shundan so‘ng ispaniyalik ishsiz qolib, yangi klubga o‘tish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi, shuningdek, o‘z obro‘siga ham jiddiy putur yetkazuvchi mish-mishlar sikliga tushib qoldi.

Isko Yevropada juda ham talabgir edi. Shartnoma muddati tugagan o‘yinchilar oddiy bozor qoidalariga bo‘ysunmaydi. Yarim himoyachi 2022 yilning noyabridan mavsum oxirigacha istalgan vaqtda erkin agent sifatida biror klub bilan kelishib olishi mumkin edi. Biroq, futbolchi «ozod bo‘lgach» unga bo‘lgan qiziqish allaqachon yo‘qoldi. Ammo o‘tgan yozda «Betis» bilan hammasi joyiga tushib ketdi - hozircha hammasi yaxshi ketmoqda.

To‘rtta uchrashuvda Isko eng yaxshi o‘yinchilar qatorida bo‘ldi, Biroq u hozirgacha atigi 1 ta gol urgan. Ilgari o‘z rasioni va ichimliklariga unchalik ahamiyat bermagan yigit birdaniga hech kim ko‘rmagan mahoratini namoyon qildi. Futbolchi ertami kechmi maydonga qaytishini bilar edi, shu bois tayyorgarlikni kuchaytirdi.

Ikkinchi imkoniyatning kuchi: Isko «Betis»dagi faoliyatini qayta tikladi

«Betis» muxlislariga Iskoning o‘yinlari shu qadar yoqdiki, «Rayo Valyekano» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng butun stadion uning nomini aytib kuyladi. Bir shaharda joylashgan jamoalar odatda kelisha olmaydi. Ammo yarim himoyachining futbolga ishtiyoqini ko‘rgan muxlislar uning «Sevilya»dagi onlarini unutishdi. Iskoning «Betis»ga o‘tgani oldingi jamoasini hisobga olgan holda muxlislarda katta qiziqish uyg‘otdi. «Sevilya» – asosiy raqiblariga past nazar bilan qarashga odatlangan katta klub. Jamoa 2013 yildan beri 5 marta Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘lgan. Ammo Isko kuchsizroq klubga o‘tishdan uyalmadi.

«Ba’zi vaziyatlarda yo‘l qo‘ygan xatolarimni tan olaman, lekin men hamma narsa uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olmayman», dedi futbolchi Marca nashriga bergan intervyusida. Isko uchun Monchi voqeasi muhim. O‘sha mojarodan so‘ng u o‘z karyerasini jonlantirish variantini izlashga majbur bo‘ldi. Ajablanarlisi shundaki, u o‘sha «Sevilya» shahriga bordi, lekin bir paytlar ispaniyalikni yomon ko‘rgan muxlislar qatoriga – «dushman» klubda qo‘nim topadigan bo‘ldi. Biroq uning yangi jamoada hurmat topishiga bir nechta o‘yin kifoya qildi xolos. 

«Xulen Lopetegi men bilan birga ishlagan eng yaxshi murabbiylardan biri. U «Sevilya»da bo‘lishimni xohlardi. Hatto «Real»dagidan 4 baravar kam maosh bo‘lsa ham, avvaliga xursand bo‘ldim. Kiyinish xonasida ajoyib muhit hukm surdi va muxlislar menga ajoyib munosabatda bo‘lishdi. Lekin boshidanoq odamlar meni Monchi shartnoma imzolashimga qarshi ekanidan ogohlantirdi. Lopetegini ishdan bo‘shatganlarida, vaziyat o‘zgara boshladi. Klub mening agentim bilan bog‘lanib, avval men bilan gaplashmay, meni sotishlarini muhokama qildi. Ajoyib! Shundan so‘ng Monchi odamlarga men ketishni xohlayotganimni aytdi. Keyin har kuni menga yoki advokatimga qo‘ng‘iroq qilib, shartnomani bekor qilishimni talab qila boshladi. Mashg‘ulotdan bir kun o‘tib vaziyat yomon ko‘rinishga keldi. Men Monchiga aytdimki, u men futbolda uchratgan eng insofsiz odam. U menga hujum qildi, tomog‘imdan ushlab oldi, shundan so‘ng qo‘riqchilar uni sudrab olib ketishdi. Ajablanarlisi shundaki, bu voqea uchun hech kim bir-biridan kechirim so‘ramagan.

«Klubda qanchalik baxtli bo‘lmay, bundan keyin qolishimning iloji yo‘q edi. Men jamoaning kurashida muhim rol o‘ynashga qaror qilgandim, ammo klub sport direktorining hujumi mening pozisiyamni ahamiyatsiz qilib qo‘ydi. Mahalliy matbuot sarlavhalarida men cho‘kayotgan kemani tashlab ketganim aytilgan, ammo bu haqiqat emas. Men hech qachon bunday ishni qilmagan bo‘lardim», - dedi ispaniyalik futbolchi «Sevilya»dan ketishini tushuntirib.

Aftidan, futbol bozori Iskoga ishonchni yo‘qotgandek edi. Ikkinchi imkoniyatni qidirib, u psixologdan yordam so‘radi va shaxsiy mashg‘ulotlarda qattiq ishladi va endi katta yutuqlarga tayyor. Bu istiqbolli ko‘rindi. Tajribali yarim himoyachi «Betis»ga «Sevilya»ni ichki raqobatda mag‘lub etishga yordam berishi mumkin. Shu bilan birga, u o‘z o‘yini bilan terma jamoadagi o‘z o‘rnini qaytarishga umid qilmoqda. Bu juda mumkin: Isko sog‘lom bo‘lsa, Ispaniyada futbol biroz sehrliroq bo‘ladi.

Kiritildi: 22:08, 21.09.2023.
O'qildi: 1471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.