Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Messi JCH-2026'da ishtirok etadimi? Leo javob berdi

Messi JCH-2026'da ishtirok etadimi? Leo javob berdi

Baho:
+ | -

Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatini baholadi.

«JCH-2026'da ishtirok etamanmi yoki yo‘qmi, bilmadim. Bu haqda avval ham aytib o‘tgandim. Bu haqda o‘ylayotganim yo‘q, chunki hali unga ancha vaqt bor. Hozircha kelasi yili bo‘ladigan Amerika kubogi haqida o‘ylayapman.

Maqsadim – AQSHda bo‘ladigan Amerika kubogida ishtirok etish. 2016 yili AQSHda o‘tkazilgan Amerika kubogida qatnashganimizni inobatga olsak, yana bir marta bu mamlakatda turnirda ishtirok etish yoqimli bo‘ladi. Finalda yutqazgan bo‘lsak-da, turnir bizga juda yoqqandi: stadionla, atmosfera, safarlar.

Amerika kubogi musobaqasidan keyin esa JCH ham o‘ylab ko‘raman. Barchasi o‘zimni qanday his etishimga bog‘liq. Yillar o‘tyapti, ko‘ramiz, keyinchalik o‘zimni qanday his etarkanman. Ehtimol MLS'dagi o‘yinlarda tezlik u qadar yuqori emasdir. Kundan kunga holatimning o‘zgarishini kuzatib boramiz. Mundialgacha hali 3 yil bor», – dedi «Inter Mayami» hujumchisi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:48, 22.09.2023.
O'qildi: 7882 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик