Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Ayaks» muxlislarining tartibsiz harakati sababli «Feyenoord»ga qarshi bahs bir muddat to‘xtatildi

«Ayaks» muxlislarining tartibsiz harakati sababli «Feyenoord»ga qarshi bahs bir muddat to‘xtatildi

Baho:
+ | -

Biroz oldin Gollandiya chempionati doirasida «Ayaks» va «Feyenoord» o‘rtasidagi muhim uchrashuv start olgandi.

Rotterdamlik mehmonlar birinchi bo‘limda 9, 18 va 37-daqiqalarda raqib darvozasiga to‘p kiritib, 3:0 hisobini yuzaga keltirib qo‘ygandi.

Biroq tanaffusga biroz vaqt qolganida o‘yin «Ayaks» muxlislarining harakatlari tufayli to‘xtatildi.

Maydonda sodir bo‘layotgan voqealardan norozi bo‘lib, ular maysazorga pirotexnika otishni boshladilar.

Hakam hushtak chalib, futbolchilarni tinchlantirishga chaqirdi. Tez orada o‘yin davom ettirildi.

E’tiborlisi, «Ayaks» hozirda Gollandiya chempionati turnir jadvalida atigi 13-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 19:07, 24.09.2023.
O'qildi: 1458 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик