Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Superliga 19-tur uchrashuvlarida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan ekspert-hakamlar komissiyasi tahlili va xulosalari

Superliga 19-tur uchrashuvlarida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan ekspert-hakamlar komissiyasi tahlili va xulosalari

Baho:
+ | -

Superliga 19-turi doirasida dam olish kunlari 5 ta uchrashuv o‘tkazildi, turning qolgan 2 bahsi esa noyabr oyiga qoldirildi. Bo‘lib o‘tgan ushbu besh o‘yinda jami 7 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi. Bu vaziyatlar ekspert-hakamlar komissiyasining yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, atroflicha tahlil qilindi va xulosalar berildi. Quyida ushbu xulosalarni qisqacha taqdim etamiz.

1-vaziyat: OKMK – «Metallurg» bahsidagi mehmonlar darvozasiga belgilangan penalti. Mazkur holatda uchrashuv bosh hakami Aziz Asimov dastlab penalti belgilamaydi, biroq vaziyatga VAR aralashgach, u qarorini o‘zgartirgan 11 metrlik nuqtani ko‘rsatgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: «Ogohlantirishsiz penalti; hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi».

2-vaziyat: OKMK – «Metallurg» bahsi, mehmonlarning 3-golidagi ehtimoliy ofsayd. Bu holatni uchrashuv yordamchi hakami yaxshi rakursdan kuzatib turgan va o‘yindan tashqari holat yo‘q, degan xulosaga kelgan. Uning ushbu qarori to‘g‘ri bo‘lganini VAR hakamlari ham tasdiqlagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: «Bu vaziyatda ofsayd yo‘q, ya’ni toza gol; yordamchi hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi».

3-vaziyat: «Andijon» – «Navbahor» o‘yinidagi mehmonlarning inobatga olinmagan goli. Avval ta’kidlaganimizdek, ushbu holatga VAR aralashgach, bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov ofsaydda turgan futbolchi darvozabonga xalaqit bergan, degan xulosaga kelib, golni inobatga olmagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: «FIFA talablariga ko‘ra bu vaziyatda ofsayd bor; bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi».

4-vaziyat: «Nasaf» – «Bunyodkor» uchrashuvidagi ehtimoliy penalti. Ushbu holatda bosh hakam Olim To‘ychiboyev hujumchi simulyasiya ishlatgan, deb topib, o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan. VAR tasvirlarida ham ushbu qaror to‘g‘riligi o‘z tasdig‘ini topgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: «Ushbu vaziyatda simulyasiya ishlatgan futbolchiga sariq kartochka berib, o‘yin davom ettirilishi kerak edi; bosh hakamning qarori qisman to‘g‘ri deb topildi».

5-vaziyat: «Nasaf» – «Bunyodkor» bahsidagi mezbonlar darvozaboni va raqib hujumchisining to‘qnashuvi. Mazkur holatda bosh hakam hujumchi va darvozabon tabiiy kontaktda bo‘lgani hamda to‘qnashuv to‘p uzoqlashganidan so‘ng yuzaga kelgani sababli hech qanday penaltiga asos yo‘q deb topgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: «Kontakt haqiqatdan ham tabiiy, bu vaziyatda penalti yo‘q; bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi».

6-vaziyat: «So‘g‘diyona» – «Paxtakor» bahsi, jizzaxliklar darvozasiga ehtimoliy penalti. Bosh hakam Ahrol Risqullayev 77-daqiqada yuzaga kelgan bu holatda to‘p uchun tabiiy kurash bo‘lgani va penalti uchun yetarli asos bo‘lmaganini inobatga olib, uchrashuvni davom ettirishga ruxsat bergan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: «Penalti uchun asos yo‘q, faqat to‘p uchun kurash kechgan; bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi».

7-vaziyat: «So‘g‘diyona» – «Paxtakor» bahsidagi mehmonlarning penaltisi. Mazkur vaziyatda jarima maydonchasi ichida himoyachi raqib hujumchisi oyog‘iga zarba bergani bois, bosh hakam 11 metrlik nuqtani ko‘rsatgan. Holatni ancha yaqin masofadan kuzatib turgani uchun Risqullayev hech ikkilanmay penalti belgilagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: «Hakam vaziyatga juda yaqin va kontakt aniq ko‘ringan, vaziyat penaltiga tortadi; bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi».

Manba: https://t.me/uzfhm
Kiritildi: 22:32, 25.09.2023.
O'qildi: 2611 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.