Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Berbatov: «Sancho o‘z qadrini oshirib yubormoqda»

Berbatov: «Sancho o‘z qadrini oshirib yubormoqda»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Dimitar Berbatov Jeydon Sanchoning asosiy tarkibdan chetlatilishi bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.

Xabaringiz bor, Sancho klub uni aybdor qilib qo‘yayotgani va shundan so‘ng qilgan xatti-harakatlari uchun diskvalifikasiya qilingan edi.

Sal oldinroq Erik ten Xag Sancho yaxshi mashg‘ulot o‘tkazmagani va shuning uchun tarkibga kiritilmaganini aytgandi.

«Ba’zida futbolchi o‘z qadrini oshirib yuboradi. Ronaldu bo‘lsa, hammasi boshqacha, chunki u klubda hamma narsaga erishgan.

Menimcha, Sancho o‘z qadrini oshirib yubormoqda. U «Manchester Yunayted» bilan ko‘p sovrinlarni qo‘lga kirita olmagan, shuning uchun klub undan osonlik bilan qutulishi mumkin edi.

Qanchalik iste’dodli bo‘lsa ham, u «Manchester Yunayted»da hali hech narsa ko‘rsatgani yo‘q», – dedi Berbatov.

Kiritildi: 19:38, 28.09.2023.
O'qildi: 1703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик