Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Ro‘ziqul Berdiyev: "Zamonaviy futbolda standart vaziyatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Zamonaviy futbolda standart vaziyatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda"

Baho:
+ | -

Superliganing 20-turidan o‘rin olgan “Olimpik” – “Nasaf” (1:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarin bildirib o‘tdi.

“Ochiq o‘yin guvohi bo‘ldik. “Olimpik” tarkibida ko‘plab yo‘qotishlar bo‘lishiga qaramay, hujumga ko‘proq e’tibor qilishini bilar edik. Ikkala jamoa ham ochiq harakat qilgani uchun vaziyatlar nisbatan ko‘p bo‘ldi. Ushbu vaziyatlarni golga aylantirganimiz, g‘alabamiz omili bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limni bo‘sh boshladik va darvozamizdan to‘p olib chiqdik. “Olimpik” hujumni kuchaytirgani uchun biz himoyada jisplashishimiz zarur edi. Shuning uchun 5 himoyachi bilan o‘ynashga o‘tdik. Aslida bu sxema rejamizda mavjud edi.

Zamonaviy futbolda standartlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Boisi, hozirgi kunda ko‘proq himoyaviy o‘yin tendensiyasi shakllanib bormoqda. Shu sababli standart vaziyatlar va individual harakatlar juda muhim. Aliqulov va Davronov havodagi kurashlarda yaxshi harakat qilardi. Ularning yo‘qligi biz uchun katta yo‘qotish. Biroq imkon qadar boshqa variantlarni izlashga intilamiz. Ba’zan 5 himoyachidan iborat himoyaviy futbol ko‘rsatishimiz ham zarur bo‘ladi. OFK Chempionlar ligasi bahslarida ayniqsa. “Al Faysali” bilan uchrashuvda ham biz 3 markaziy himoyachi bilan harakat qilgan edik. Nasrullayev AQSH safaridan so‘ng hujumga o‘tib, ortga qaytishga qiynaldi. Orqadagi uch himoyachi Nasrullayevning ham, Abdirahmatovning ham erkin tarzda oldinga o‘tishini ta’minladi.

Terma jamoalarga ko‘plab futbolchilar jalb etilishidan klublar jabr ko‘radi. Ayniqsa, uzoq safarlar bo‘lsa, jismoniy holati juda ham yomon tarzda qaytishadi. Ammo, biz terma jamoa murabbiylari bilan maslahatlashgan holda, ikkala tomon uchun ham maqbul variant izlab, vaziyatdan chiqishga intilyapmiz”, – dedi Berdiyev.

Kiritildi: 21:55, 28.09.2023.
O'qildi: 1831 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик