Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

«Real» «Atletiko» muxlislari tomonidan haqorat qilingan qizni «Santyago Bernabeu»ga taklif qildi

«Real» «Atletiko» muxlislari tomonidan haqorat qilingan qizni «Santyago Bernabeu»ga taklif qildi

Baho:
+ | -

«Real» «Atletiko» muxlislari tomonidan haqorat qilingan qizni qo‘llab-quvvatladi.

La Liganing 6-turidan o‘rin olgan Madrid derbisi oldidan «matraschilar» muxlislari «Real» vingeri Vinisius Juniorning libosini kiygan qora tanli ayol va uning farzandiga hujum qilgani xabar qilingandi. Muxlislar ayolga nisbatan haqoratlar ishlatgan. Jabrlanuvchilar qo‘rquvdan yig‘lab yuborgan.

8 yoshli qizning ammasi jiyaniga o‘ldirish bilan bog‘liq tahdidlar bo‘lgani va uni «maymun» deb atashganini ta’kidlaydi.

«Real» qizni va uning oilasini «Las-Palmas»ga qarshi bahsga (2:0) taklif qilgan. Muxlislar Madrid klubining bir necha futbolchisi va prezident Florentino Peres bilan ko‘rishishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, qizga futbolchilarning dastxatlari tushirilgan libos ham sovg‘a qilingan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:12, 28.09.2023.
O'qildi: 5655 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик