Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Maksim Shaskix: «Raqibga gol urishga imkoniyat yaratib berayapmiz»

Maksim Shaskix: «Raqibga gol urishga imkoniyat yaratib berayapmiz»

Baho:
+ | -

Superliga 20-turida o‘z uyida OKMK bilan durang o‘ynagan «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Maksim Shaskix durang, Hamraliyev va Cheranning yo‘qligi, inqiroz va raqiblar kuchi haqida fikr bildirdi.

«O‘ylashimcha, bugun ancha qiziqarli va muxlislarga manzur keladigan o‘yin bo‘ldi. Bizning muammoimiz – raqiblarga o‘zimiz gol urish uchun imkon berayapmiz. O‘zimiz muammolar yaratib keyin uni yengishga majbur bo‘lyapmiz. Boshqacha o‘ynashni bilmaymiz shekilli. Futbolchilar bugun maksimal tarzda harakat qilishdi. Ularning harakatlariga e’tiroz yo‘q. O‘yinning dastlabki daqiqalaridan boshlab shijoat bilan o‘ynashdi. Yengil g‘alaba bizga yoqmayapti, albatta qiynalishimiz kerakka o‘xshaydi», - dedi Shaskix.

«Hamraliyev albatta biz uchun bilinadigan yo‘qotish. Uning yoshlar termasiga chaqirilishi kutilmagan muammolarni keltirib chiqardi. Uning ketishini kechroq eshitdim. Qolaversa, u hozir ajoyib formaga kirib olgandi. Mavsum qizigan pallada ketishi, bizga yetarli muammo keltirib chiqardi».

“Inqiroz? Bu fikrga umuman qo‘shilmaymn. Qayerda inqiroz? Ha, so‘nggi ikki o‘yinda to‘rt ochko yo‘qotdik. Ammo, kimlarga qarshi o‘yinlarda ochko yo‘qotdik? «So‘g‘diyona» kuchsiz raqibmi? OKMK kuchsizmi? Xatolar bor, ayniqsa himoyada. Ammo, hozir oson o‘yinning o‘zi yo‘q”.

«Cheran bugun jarohati tufayli maydonga tusha olmadi. Saudiyaga, OCHL o‘yiniga ham bora olmasa kerak. Shifokorlarimiz tez fursatlarda uni tuzatib safga qaytarishlariga umid qilaman».

«Sanjar Quvvatovga e’tirozlar bo‘lishi g‘alati. U jamoamizni bugun ham, avvalgi o‘yinlarda ham ancha qutqardi. Muqarrar gollardan qutqarib qolayapti. To‘g‘ri, qayerdadir xato qilayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo, kerakli vaziyatlarda yordam berayapti. Raqobat bo‘lgani albatta yaxshi. Xorijlik darvozabonni shuning uchun olib kelganmiz. Hali unda ham imkoniyat bo‘ladi».

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:15, 28.09.2023.
O'qildi: 1707 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик