"Milan" rahbariyati jamoa darvozaboni Mayk Menyan bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashdan manfaatdor, bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, yaqin orada "rossonerilar" darvozabon vakili bilan muzokara olib boradi va hamkorlikni 2028 yilgacha uzaytiradi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2026 yilning o‘rtalarigacha hisoblangan. Menyanning transfer narxi 45 million yevroga baholanmoqda.
Avvalroq, OAVda Maykga Fransiyaning "PSJ" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
A Seriyaning joriy mavsumida darvozabon 4 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol o‘tkazib yubordi.