"Chelsi" himoyachisi Ben Chiluell jarohati sabab 4 haftagacha maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Evening Standard nashri xabar bermoqda.
Avvalroq, angliyalik futbolchi Liga kubogining 3-turi doirasidagi "Brayton"ga (1:0) qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat olgani haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsumda 26 yoshli Chiluell "ko‘klar" safida 7 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Chelsi" navbatdagi o‘yinini 2 oktyabr kuni “Fulxem”ga qarshi o‘tkazadi.