Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

La liga. «Real» Kataloniyada peshqadamni ayab o‘tirmadi

La liga. «Real» Kataloniyada peshqadamni ayab o‘tirmadi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 8-turi doirasida peshqadamlar — «Jirona» va «Real» jamoalari Kataloniyada to‘qnash kelishdi.

Mezbonlar dastlabki 15 daqiqa davomida raqib darvozasi tomon ketma-ket hujumlar tashkil qildi. Ammo gol urish madridliklarga nasib etdi. Bahsning 17-daqiqasida Xoseluning zarbasidan keyin to‘p "Jirona" darvozasiga borib tushdi.

"Real" esa "issig‘i"da ikkinchi golni urib oldi. Bu safar Tchuameni zafar quchdi.

Kataloniyaliklar ikkinchi bo‘limda to‘p yaxshi nazorat qilib, "Real" jarima maydoni atrofida o‘z baxtini qidirdi. Ammo gol urish yana Anchelotti shogirdlariga nasib etdi. Bu safar "Qirollik klubi"ning qarshi hujumini Jud Bellingem gol bilan yakunladi.

"Real" ushbu g‘alabadan keyin o‘z ochkolarini 21taga yetkazib, La liga peshqadamligini o‘z qo‘liga oldi. "Jirona" esa 3-o‘ringa tushib qoldi.

Ispaniya La ligasi, 8-tur
Jirona – Real Madrid 0:3 (0:2)
Gollar: 0:1 – 17 Xoselu, 0:2 – 21 Tchuameni, 0:3 – 71 Bellingem.
Jirona – Gassaniga, Yan Kouto, Blind, Erik Garsiya, Migel Gutyerres, David Lopes (Portu, 60), Aleish Garsiya, Errera (Solis, 87), Sigankov (Fernandes, 46), Dovbik (Stuani, 60), Savio (Torre, 79).
Real Madrid – Arrisabalaga, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Kamavinga, Kroos, Valverde (Braim Dias, 87), Tchuameni, Bellingem (Sebalyos, 74), Vinisius Junior (Rodrigo, 68), Xoselu (Vaskes, 87).
Ogohlantirishlar: Erik Garsiya (64), Arrisabalaga (84), Ryudiger (90), Stuani (90).
Chetlatish: Nacho (90+3).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:30, 30.09.2023.
O'qildi: 3312 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик