Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Umid Esanov delegasiyamizga yana bir oltin medalni taqdim qildi.
-81 kg vazn toifasida bahs olib borgan polvonimiz finalda qozog‘istonlik Bekadil Shaimberdenevdan ustun kelib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.