Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman! "Barselona" Yamal bilan shartnomani uzaytirdi (foto)

Rasman! "Barselona" Yamal bilan shartnomani uzaytirdi (foto)

Baho:
+ | -

"Barselona" vinger Lamin Yamal bilan yangi shartnoma imzolaganini e’lon qildi. 16 yoshli futbolchi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Qayd etilishicha, Yamal shartnomasida 1 milliard yevroga sotib olish imkoniyati mavjud. Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki kataloniyaliklar o‘yinchilar bilan tuzilgan deyarli barcha mehnat shartnomalarida katta miqdorda tovon to‘lash bandlarini nazarda tutadi.

Lamin Yamal "Barselona" asosiy jamoasida 10 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularda yosh futbolchi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

"Barselona" navbatdagi o‘yinini 4 oktyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida "Portu"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 17:31, 02.10.2023.
O'qildi: 2807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик