Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

OCHL. OKMK o‘z uyida Iroq klubiga yutqazdi

OCHL. OKMK o‘z uyida Iroq klubiga yutqazdi

Baho:
+ | -

OKMK Osiyo chemponlar ligasining joriy mavsumini muvaffaqiyatli boshlay olmadi. Ilk turda "Al-Ittihod" klubiga safarda yutqazib qo‘ygan olmaliqliklar bugun o‘z maydonlarida Iroqning "Al-Quva al-Javiya" jamoasiga imkoniyatni boy berishdi.

Har ikkala bo‘limning avvali OKMK uchun omadsiz keldi. 2-daqiqada Shohruh Gadoyev yo‘q joydan to‘pni Ali Jassim uzatib berdi. Iroqlik futbolchi esa Sardor Rahmonovni chalg‘itib kuchli zarba bilan mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa "Eyr Fors" olis masofadan jarima zarbasini tepdi. Kuchli yo‘llangan zarbani OKMK posboni qaytardi. Qaytgan to‘pni Rahmonov yon tomonga tepib yuborganida o‘sha joyda yugurib kelgan Sanjar Tursunovga to‘p tegib, to‘rga borib tushdi.

Olmaliqliklar vaziyatni o‘nglash uchun juda kech harakat qilishdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Haqnaziy tomonidan bosh bilan yo‘llangan zarbani "Al-Quva al-Javiya" posboni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Nihoyat 81-daqiqa kelib Siyovashning o‘zi hisobdagi farqni bittaga qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Mirjalol Qosimov shogirdlari mag‘lubiyatdan qutulib qolishlari mumkin edi. Ammo murabbiyning o‘g‘li — Mirjamol tomonidan yo‘llangan zarbani iroqlik darvozabon qaytarishga erishdi.

Shu tariqa, OKMK ikkinchi o‘yinda ham yutqazgan bo‘lsa, "Al-Quva al-Javiya" o‘z ochkolarini 4 taga yetkazib oldi.

OCHL, "S" guruhi, 2-tur
OKMK - "Eyr Fors" - 1:2 (0:1)
Gollar: Siyovash Haqnazariy (81) — Ali Jassim (2), Sanjar Tursunov (48-avtogol)
OKMK: 25. Valijon Rahimov, 3. Sardor Rahmonov (Baxtiyor Qosimov, 90), 7. Dilshod Ahmadaliyev, 9. Ruben Sanchez (Akrom Komilov 71), 10. Xurshid G‘iyosov, 14. Mirjahon Mirahmadov (Martin Boake, 46), 15. Oybek Rustamov, 17. Sanjar Tursunov (4. Mirjamol Qosimov, 71) 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 22. Shohruh Gadoyev (Muhammadanas Hasanov, 90+3), 88. Siyavash Haqnazariy.
“Eyr Fors”: 20. Muhammad Hamid, 2. Jait Marufi, 8. Ibrahim Bayesh, 10. Ali Jasim, 13. Franko Atchou, 18. Franko Abogo, 19. Muhammad Qosim, 25. Saad Abdulamir, 40. Bakariy NdaYE, 44. Hammud Mashaan, 48. Ruslan Hanoon.
Ogohlantirishlar: Ruslan Hannon (35), Mirjamol Qosimov (76).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:00, 02.10.2023.
O'qildi: 2067 marta.
Fikrlar: 62 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.