Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

OCHL. Turkman klubiga yutqazgan «Al-Fayha» «Paxtakor»ni mag‘lub etdi

OCHL. Turkman klubiga yutqazgan «Al-Fayha» «Paxtakor»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turida “Paxtakor” Saudiya Arabistonida “Al-Fayha” klubi mehmoni bo‘lib, imkoniyatni boy berdi.

Maksim Shaskix shogirdlari 1-turda "Al-Ayn"ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsga nisbatan yaxshiroq o‘ynadi. Ammo maydonda Dragan Cheranning yo‘qligi sezildi. Boisi, toshkentliklar ko‘pgina vaziyatlarni golga aylantira olishmadi. Raqib esa ko‘p hujum uyushtirmasa, o‘z imkoniyatlaridan juda samarali foydalanib, o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Abdulhamid Sobiriy 18 metrlardan kuchli va aniq zarba bilan hisobni ochgan bo‘lsa, uning o‘zi 72-daqiqada himoyadagi xato tufayli Quvvatov bilan yuzma-yuz holatga chiqib ketdi va vaziyatdan unumli foydalanib, hisobdagi farqni oshirdi.

Po‘latxo‘ja Xoldorxonov aniqroq zarba berganida 2 ta gol urishi mumkin edi. Yakunda esa "Paxtakor" OCHLdagi ikkinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. "Al-Fayha" esa ilk turda Turkmanistonda mag‘lub bo‘lgach, o‘z hisobiga dastlabki 3 ochkoni yozib qo‘ydi.

OCHL. "A" guruhi, 2-tur
"Al-Fayha" - "Paxtakor" - 2:0
Gollar: Abdulhamid Sobiriy (10, 72)
"Al-Fayha": Ahmad Kassar, Muhammad Baqavi, Konan, Sami Haybari, Muxir Rashidi, Junior Sakala, Riller, Sulton Mandash, Abdulrahmon Safari, Abdulhamid Sabiri, Antoni Nvakayeme.
"Paxtakor": Quvvatov, Alijonov, Stinvorden, Azmiddinov, Sayfiyev, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev (Merk, 77), Xolmatov (Asqarov, 77), Hamdamov (Hamdamov, 63), Turg‘unboyev, Banashak (Kuxarchik, 46).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:03, 03.10.2023.
O'qildi: 2824 marta.
Fikrlar: 108 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик