Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Gavi Angliya premyer-ligasida qaysi jamoalarni kuzatishini gapirdi.
“Men futbolni ko‘p kuzataman va do‘stlarim bilan tez-tez o‘yinlarni tomosha qilaman. Ayniqsa, Angliya Premyer-ligasini kuzatib boraman. Menga ba’zi jamoalar boshqalardan ko‘ra ko‘proq yoqadi. “Manchester Siti”ni, yaqindan esa “Brayton”ni ham kuzatib boraman, chunki jamoa yaxshi o‘ynayapti va yaqinda u yerda Ansu Fati paydo bo‘ldi”, — dedi Gavi.
Eslatib o‘tamiz, Gaviga avvalroq Premyer-liga klublari qiziqish bildirayotgan edi.