Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

"Atletiko" prezidenti: "Joau xohlaganini gapiraveradi, ammo u baribir "Atletiko"ga tegishli ekanini biladi"

"Atletiko" prezidenti: "Joau xohlaganini gapiraveradi, ammo u baribir "Atletiko"ga tegishli ekanini biladi"

Baho:
+ | -

"Atletiko Madrid" prezidenti Enrike Sereso "Barselona"da ijara asosida o‘ynayotgan Joau Feliksning so‘zlariga izoh berdi.

Portugaliyalik futbolchi Kataloniya klubida o‘ynashni orzu qilganini bir necha bor tan olgan, shuningdek, Diyego Simeonening futbolidan ko‘ra "ko‘k-anorranglilar" o‘yin uslubi unga ko‘proq mos kelishini ta’kidlagan.

"Joau xohlaganini aytadi, ammo u baribir "Atletiko"ga tegishli ekanini biladi. Menimcha, u hozir eng yaxshi futbolchilardan biri. U biz bilan mashg‘ulot o‘tkazmagan, lekin u "Barselona"da ajoyib harakat qilmoqda. Biz uning muvaffaqiyatidan xursandmiz", - dedi Sereso Sport bilan suhbatda.

Joau Feliks “Barselona” safida 6 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Forvardning ijara muddati mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 22:11, 04.10.2023.
O'qildi: 2365 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик